Ikkita ommabop Redmi smartfoniga MIUI 12.5 Enhanced proshivkasi kelishni boshladi

Ikkita ommabop Redmi smartfoniga MIUI 12.5 Enhanced proshivkasi kelishni boshladi

Xiaomi kompaniyasi avvalroq MIUI 12.5 Enhanced proshivkasining birinchi to‘lqinini flagman smartfonlarga jo‘natgan edi. Endi esa kompaniya yangi proshivkaning ikkinchi to‘lqinini boshqa smartfonlarga ham jo‘natishni boshladi. Birinchilardan bo‘lib uni Redmi Note 10 5G hamda Redmi Note 9 Pro 5G smartfonlari qabul qilishni boshladi.

MIUI 12.5 Enhanced proshivkasi birinchi bo‘lib Xitoy bozori uchun ishlab chiqarilgan Redmi Note 9 Pro 5G va Redmi Note 10 5G smartfonlariga jo‘natiladi.

Keyinchalik Xiaomi Mi 10i va Xiaomi Mi 10T Lite (Redmi Note 9 Pro 5G'ning global bozordagi nomlari) hamda Redmi Note 10T 5G va Poco M3 Pro 5G (Redmi Note 10 5G'ning global bozordagi nomlari) smartfonlari yangi tizimni qabul qilib oladi.

Redmi Note 9 Pro 5G uchun dasturiy ta’minot V12.5.4.0.RJSCNXM, Redmi Note 10 5G uchun esa V12.5.1.0.RKSCNXM model raqam sifatida belgilangan. Yangi proshivka sentyabr oyi Android xavfsizlik patchini ham o‘z ichiga oladi.

O‘QING: 5000 mAs akkumulyator, 4/64GB xotira, 13MP kamera ega bo‘lgan Redmi 9i Sport smartfoni taqdim etildi

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!