Ikkita rusumdagi iPhone arzonlashib, yana ikkitasi savdodan olib tashlandi

  •   DiMaX
  •  4425
  •  14.10.2020 17:37

Ikkita rusumdagi iPhone arzonlashib, yana ikkitasi savdodan olib tashlandi

Apple kompaniyasi 14 oktyabrga o‘tar tunda iPhone 12 mini, iPhone 12, iPhone 12 Pro hamda iPhone 12 Pro Max smartfonlarini namoyish qildi. Biz ularning asosiy xususiyatlari va o‘zaro farqlarini e’lon qilganmiz. Shuningdek...

O‘QING: iPhone 12’lar uchun MagSafe Charger – magnitli quvvatlagich va MagSafe Duo Charger dok-stansiyasi taqdim etildi

Yangi turkum smartfonlari taqdim etilgach, Apple darhol AQShda sotilayotgan smartfonlar assortimentiga va ularning narxlariga o‘zgarish kiritdi. Aniqrog‘i, iPhone 11 modelining narxi 599 dollargacha, iPhone XR narxi esa – 499 dollargacha pasaytirilgan.

Shu bilan birga, bulturgi iPhone 11 Pro hamda iPhone 11 Pro Max smartfonlarini endi Apple saytidan rasman xarid qilib bo‘lmaydi. Ishlab chiqaruvchi yangi modellar foydasiga o‘tgan yilgi ushbu ayfonlarni savdodan olib tashlagan.

O‘QING: Bu kompaniya eng kuchli flagmanlar reytingini ostin-ustun qilib yubordi! (AnTuTu, 2020 yil sentyabr)

Mana, hozir Apple saytida sotilayotgan smartfonlar quyidagilardir:

Eslatib o‘tamiz, 2020 yilning birinchi yarmida dunyoda eng ko‘p sotilgan smartfonlar reytingida iPhone 11 modeli yetakchi bo‘lgan. Yarim yilda 37,7 million donadan ortiq sotilgan mazkur ayfonning yutug‘i boshqa smartfonlar ko‘rsatkichlari bilan solishtirganda yanada yaqqolroq ko‘rinadi: ikkinchi o‘rindagi Galaxy A51 modeli undan deyarli uch yarim baravarlik farq bilan ortda qolgan!

O‘QING: Eng ommabop 10 smartfon (41-hafta)

Saytimiz xabarlarini Odnoklassnikidagi sahifamizda kuzatib boring!