Ikkita Xiaomi smartfoni arzonlashdi, bittasining narxi 100 dollarga pasaydi!

  •   DiMaX
  •  5630
  •  09.06.2020 11:08

Ikkita Xiaomi smartfoni arzonlashdi, bittasining narxi 100 dollarga pasaydi!

Xiaomi kompaniyasi yaqinda Redmi 10X Pro smartfonini sotuvga chiqarib, Redmi K30 5G Extreme Edition hamda Redmi K30 Pro modellarini arzonlashtirgan edi. Xitoyda bulardan so‘nggisining narxi yana tushirildi!

O‘QING: Redmi 9’ga allaqachon rasman buyurtma berish mumkin, narxi endi «joyiga tushdi»!

«618-chegirma» nomli aksiya doirasida bir nechta Xiaomi va Redmi smartfonlari arzonlshtirilgan edi. Jumladan, Redmi K30 Pro uchun dastlab 300 yuan (42 dollar), keyin esa yana 400 yuan (56 dollar) chegirma belgilandi.

Shu tariqa, standart versiyadagi Redmi K30 Pro endi jami 700 yuanga, ya’ni taxminan 100 dollarga arzonlashdi va Xitoyda uning narxi 339 dollarga tushdi.

Bundan tashqari, «Xitoycha Apple» o‘tgan haftada Xiaomi Mi 10 turkumidagi flagmanlarining narxini ilk bor doimiy asosda pasaytirayotganini e’lon qilgan edi. O‘shanda uning tezkor/doimiy xotirasi 8/128 gigabaytlik varianti 300 yuanga, ya’ni 42 dollarga arzonlashtirilgan.

Endi esa mazkur flagmanning boshqa xotira konfiguratsiyalaridagi variantlarining ham narxlari doimiy asosda tushirildi. O‘z yurtida endi uning 8/256 gigabaytligini 566 dollarga, 12/256 gigabaytligini esa 622 dollarga olish mumkin.

O‘QING: Global proshivka, Global versiya va Xitoy versiya. Bularning farqi nimada?

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.