Ikkita Xiaomi smartfoni MIUI 12.5'ga o‘tishni boshladi

Ikkita Xiaomi smartfoni MIUI 12.5'ga o‘tishni boshladi

Xiaomi va’dasining ustidan chiqib, 2018 yil oktyabr oyida chiqqan, ekrani tirqishlarsiz taqdim etgan Xiaomi Mi Mix 3 top-flagman smartfoni uchun MIUI 12.5 dasturiy ta’minot yangilanishini chiqardi. Bundan tashqari, Redmi 10X 4G byudjet qurilmasi ham yangilanishni qabul qila boshladi.

O‘QING: Xiaomi endi Apple'ni ham ortda qoldirib, Samsung'ga raxna solmoqda

Xiaomi Mi Mix 3 va Redmi 10X 4G uchun MIUI 12.5 yangilanishi mos ravishda V12.5.1.0.QEECNXM va V12.5.2.0.RJOCNXM raqamiga ega. Yangilanish dunyoning barcha mintaqalarida bosqichma-bosqich tarqatiladi. Redmi 10X 4G smartfoni Xitoydan tashqarida Redmi Note 9 nomi ostida sotiladi: yaqin orada ushbu smartfon ham yangilanadi.

Xiaomi Mi Mix 3 Android 9.0 Pie asosida MIUI 10 bilan taqdim qilingandi. Smartfon Android 10'ga, shuningdek, MIUI 11 va MIUI 12'ga yangilangan. Qurilma Android 11'ga o‘tmagan, lekin hech bo‘lmaganda MIUI 12.5 qobig‘ini qabul qildi.

Redmi 10X 4G o‘tgan yili Android 10 asosida MIUI 11 bilan ishlab chiqarilgan bo‘lib, shu paytgacha qurilma MIUI 12 va Android 11'ni qabul qilgan. Ehtimol, ushbu smartfon Mi Mix 3 dan farqli o‘laroq, MIUI 13'ga ham o‘tar.

O‘QING: Android 12 allaqachon bir necha Xiaomi smartfonlarida sinovdan o‘tkazilmoqda

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!