Ilk 5G tijorat tarmog‘i AQShda ishga tushirildi

  •   Saroy
  •  365
  •  02.10.2018 10:11

Ilk  5G tijorat tarmog‘i AQShda ishga tushirildi

Amerika faoliyat olib borayotgan  Verizon operatori dunyoda birinchi bo‘lib hamma uchun bemalol bo‘lgan 5G aloqasini ishga tushirdi. Xyuston, Indianapolis, Los Andjeles va Sakramento aholisi 1 oktyabrdan boshlab uyiga beshinchi avlod mobil tarmoqlarida ishlayotgan internetni ulab olishi mumkin.

Bundan shu narsa ko‘rinib turibdiki, Verizon hozircha faqat uyda sim orqali ishlayotgan odatdagi internetdan voz kechishni taklif etmoqda. Mohiyatan esa, bu hech narsani o‘zgartirmaydi, shunchaki endi router tarmoq kabeli orqali Wi-Fi tarqatmay, balki uni yaqin orada joylashgan uyali minora (antenna) dan olibb tarqatadi. Shunga qaramay uning tezligi simli internet tezligi bilan teng, ya’ni o‘rtacha 300 Mbit/soniya, eng yuqori tezligi  1 Gbit/soniyagacha yetishi mumkin.

Verizon operatorining beshinchi avlod mobil tarmog‘i o‘zining 5G TF standartiga asoslangan. Ular ushbu standartdan to 3GPP assotsiyasi barchaga maqbul bo‘lgan 5G NR standartini qabul qilmagunicha foydalanaveradi.
O‘QING:Apple 5G’da ishlaydigan iPhone yaratishga kirishdi

Verizon operatorining 5G-internetiga ulanish dastlabki uch oy davomida tekin bo‘ladi, keyinchalik faol mijozlar uchun tarif oyiga 50 dollar qilib belgilanadi, oddiy foydalanuvchilarga  esa 70 dollar. Ulanganlarga sovg‘a sifatida  Apple TV 4K yoki Chromecast Ultra taqdim etiladi.

Shunday qilib Verizon 5G-set tijorat tarmog‘ini ishga tushirgan dunyodagi ilk kompaniyaga aylandi. Bu borada navbatdagi  mamlakat Janubiy Koreya bo‘ladi. Ushbu mamlakatda bir yo‘la uchta operator 5G mobil internetiga o‘tish uchun tayyorgarlik ko‘rmoqda. Bunga 1 dekabrdan start beriladi.

O‘QING:5G-poyga: Xiaomi hali taqdim etilmagan Mi Mix 3 smartfonida allaqachon 5G tarmog‘ini ishlatib ko‘rsatdi! («jonli» surat)

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!