ILK BOR: Galaxy S10 Lite hamda Galaxy S10+ benchmarkda «ko‘rindi»!

  •   DiMaX
  •  1893
  •  22.12.2018 15:55

ILK BOR: Galaxy S10 Lite hamda Galaxy S10+ benchmarkda «ko‘rindi»!

Smartfonlar samaradorligini tekshirish servislari – benchmarklar ko‘p, ammo ko‘pchiligimiz ulardan eng mashhurlarinigina bilamiz. Shulardan «kamtarroq» bittasi bugun muhim ma’lumot taqdim etdi.

O‘QING: AnTuTu reytingi: 2018 yil dekabrgacha eng zo‘r Android-smartfonlar!

Gapning qisqasi, HTML5test benchmarkida Samsung’ning flagman turkumidagi ikkita yangi smartfoni tekshirib ko‘rilgan. Ya’ni, Galaxy S10 Lite hamda Galaxy S10+ modellarining test natijalari ushbu servis ma’lumotlar bazasida «qo‘lga tushgan».

Galaxy S10 Lite modeli ushbu benchmarkda SM-G970F raqami ostida qayd etilgan bo‘lib, uning ekrani 360x760 piksellik, deb ko‘rsatilgan:

HTML5test benchmarki smartfonlarning asosiy texnik xususiyatlarini to‘g‘ri ko‘rsatsa-da, negadir ekranlarning tasvir aniqligini shunaqa noto‘g‘ri aks ettiradi. Masalan, o‘z vaqtida u Galaxy Note 9 displeyini 412x846 piksellik, degan; aslida esa u 2960x1440 piksellikdir.

O‘QING: Ishlayotgan holdagi Galaxy S10’ni ilk bor «jonli» tomosha qilamiz!

Samsung flagmanlarining «katta»si esa HTML5test servisida SM-G975F raqami bilan ro‘yxatdan o‘tgan. Mazkur servisda Galaxy S10 Plus modelining displeyi 412x869 piksellik ekanligi qayd etilgan:

Galaxy S10 turkumi smartfonlarining taqdimot va sotuv vaqtlari, hatto aniq narxigacha e’lon qilganmiz. Allaqachon bozorga chiqarilgan ba’zi Samsung smartfonlarini esa Terashop.uz internet-do‘konimizdan 861 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlarda onlayn usulda sotib olish mumkin.

O‘QING: «To‘rtko‘z» Galaxy A9 ham Terashop.uz’ga yetib keldi, Samsung smartfonlarining arzonlashgan narxlari (2018 yil 10 dekabr) – O‘zbekiston bo‘ylab bepul yetkaziladi!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!