Ilk bor internet orqali uyni o‘g‘irlashdi – elektron raqamli imzo yordamida!

  •   DiMaX
  •  1138
  •  18.05.2019 13:32

Ilk bor internet orqali uyni o‘g‘irlashdi – elektron raqamli imzo yordamida!

Firibgarlik bilan birovning uyini umuman begona kishilar egallab olishi yoki yana birovlarga sotib yuborishi kabi holatlar uchrab turadi. Ammo yaqinda Moskvada aniqlangan shunday holat ulardan farq qiladi – mazkur ishda birorta moddiy hujjat ishlatilmasdan, internet orqali kvartirani sotishgan!

O‘QING: Farg‘onada soxta aviakassa ochib, salkam 23 million so‘mlik qalbaki bilet sotgan firibgar qo‘lga olindi!

Roman ismli jabrlanuvchining aytishicha, unga kommunal xizmatdan to‘lov xati kelgan, qarasa – unda kvartiraning egasi sifatida Mashkov familiyali, umuman notanish kishi ko‘rsatilgan ekan. Roman tegishli idoralarga murojaat etganida, chindan ham mazkur kvartira boshqa shaxsning nomiga rasmiylashtirilganini tasdiqlashgan. «Rosreyestr» xizmatida ma’lum qilishlaricha, uyning oldi-sotdisi elektron raqamli imzo orqali amalga oshirilgan va bunda pasport yoki boshqa biror hujjat taqdim etilmagan.

Lekin qizig‘i shundaki, Roman umuman unaqa elektron imzo olmagan ekan – aftidan, firibgarlar qalbaki ishonchnoma tayyorlab, uning nomiga imzo olishgan va shuning yordamida uyini sotishgan.

Endi esa Roman mazkur oldi-sotdini o‘zi amalga oshirmaganligini isbotlashi kerak bo‘lyapti, huquq-tartibot idoralari esa firibgarlarning iziga tushishgan. «Rosreyestr» tavsiyasiga ko‘ra, bu kabi vaziyatlarga tushib qolmasliklari uchun kishilar uyni elektron raqamli imzo orqali sotishga taqiq qo‘yishga ariza berishlari lozim.

Elektron imzo – oddiy imzoning o‘rnini bosuvchi raqamli fayl bo‘lib, Rossiyada uni bir nechta davlat saytlari orqali olish mumkin. O‘zbekistonda joriy etilgan elektron raqamli imzo haqida esa bir nechta maqola va xabarlarimizda ma’lumotlar berganmiz.

O‘QING: Elektron raqamli imzo nega kerak va uni qanday olish mumkin?