Ilk EHM yaratilganiga 45 yil to‘ldi

  •   Saroy
  •  1696
  •  10.09.2018 13:36

Ilk EHM yaratilganiga 45 yil to‘ldi

1973 yil sentyabrda Micro Computer Machines dunyodagi birinchi personal EHM'ni yaratgani haqda e’lon qildi. Afsuski, ushbu sanadan roppa-rosa bir o‘tib chiqarilgan yangi qurilmani hech kim xarid qilmagandi, o‘shanda. Ushbu kelajak kompyuteri Ukrainadan kelib qolgan kanadalik olim Mers Kutt tomonidan dastlab qog‘ozda yaratildi. Asos sifatida U elektron kalkulyator korpusini oladi va unga to‘laqonli klaviatura va magnitofonni qo‘shadi. Ammo ichidagi matohlari borasida boshi qotadi. Shu yerda uning omadi chopadi, u Intel mutaxassisi Robert Noys bilan tanishadi. Dastavval 8 bitlik protsessor yaratiladi, keyin u Noysga moliyaviy yordam taklif etadi va evaziga Intel 8008’ni ishlatish imkoniga ega bo‘ladi. 1972 yilda  Kutt yordamchisi bilan birga uning prototipini yasaydi va ilk tayyorlangan mitti EHM 1973 yilda namoyish qilinadi. Mashinaning og‘irligi  9 kg, unga o‘rnatilgan monitorga atigi bir satrlik matnni chiqarish mumkin edi. PZU’da APL tili interpretatsiya qilingandi. Magnit kasetalar 100 KB sig‘imidagi virtual xotira bo‘lib xizmat qilgan. 2 KB OZU bo‘lgan eng oddiy model o‘sha vaqtda 4950 dollar edi, 8 KB va ikkita kassetali varianti uchun esa 9800 dollar so‘ralgan.

Hozirga kelib bunday mashinalar o‘zining imkoniyatlari bilan insonning aqlini shoshirmoqda, xolbuki uning ilk nusxasi yaratilganiga hali yarim asr ham to‘lmapti.