Ilk «jonli» rasmlar Galaxy S11, S11e va Galaxy S11+ qiyofalarini fosh etdi!

  •   DiMaX
  •  4504
  •  09.12.2019 14:59

Ilk «jonli» rasmlar Galaxy S11, S11e va Galaxy S11+ qiyofalarini fosh etdi!

Janubiy koreyalik texnogigant kelasi yil fevralda Galaxy S11, Galaxy S11e hamda Galaxy S11+ flagmanlarini taqdim etadi. Hozirgacha ularning texnik xususiyatlari va tashqi ko‘rinishi haqidagi ma’lumotlarni hamda render suratlarini e’lon qilib kelmoqdamiz.

O‘QING: Kvadrokamerali eng arzon Samsung smartfoni ilk «jonli» videoda!

Ice Universe niki ostidagi informator esa standart Samsung Galaxy S11 flagmanining birinchi «jonli» suratlarini e’lon qildi. To‘g‘ri, intrigani ushlab turish maqsadida rasmlar ataylab sifatsiz olingan, ammo ularda korpusdagi asosiy element – kameraning shaklini bemalol ko‘rish mumkin:

Ko‘rib turganingizdek, Samsung Galaxy S11 kamera blogi to‘rtburchak shaklda bo‘lib, unda optik datchiklar ayrim renderlarda ko‘rsatilganidek tartibsiz holda emas, balki bir tekisda tikkasiga joylangan.

Garchi bu rasmlarda Galaxy S11 maxsus g‘ilofga solingan – uning qiyofasi to‘liq fosh etilishidan saqlanish uchun.

O‘QING: Galaxy S11'lardagi beshinchi kameraning vazifasi aniq bo‘ldi

Hindistonlik taniqli insayder Sudhanshu Ambhore (Sudhanshu Ambhore) esa har uchala modeldagi Galaxy S11’larning g‘iloflari aks etgan «jonli» rasmlarni e’lon qildi. Ularga qarab, ushbu smartfonlarning kameralari va tegishli portlari joylashuvi haqida ma’lumot olish mumkin.

Mana, nisbatan arzon Samsung Galaxy S11e g‘ilofining rasmlari:

Bunisi esa – standart Galaxy S11 flagmani uchun tayyorlangan g‘ilofning ko‘rinishi:

Va nihoyat, eng ilg‘or versiya – Galaxy S11+ uchun quyidagicha qiyofali g‘ilof tayyorlangan:

Mazkur uchta modeldagi flagmanlarning kamera bloklari o‘lchamiga ko‘ra o‘zaro birmuncha farqlanadi. Ular bilan bog‘liq yangiliklardan boxabar bo‘lib borish uchun Terabayt.uz’ni kuzatishda davom eting.

O‘QING: Samsung kompaniyasi 108 MPlik kamera borasida Xiaomi’ni boplagan ekan!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.