Ilk «jonli» surati Galaxy S20+ 5G’ning antiqa jihatini fosh etdi

  •   DiMaX
  •  2904
  •  13.01.2020 09:33

Ilk «jonli» surati Galaxy S20+ 5G’ning antiqa jihatini fosh etdi

Samsung kompaniyasi navbatdagi flagmanlarini sanoq bo‘yicha Galaxy S11 emas, balki Galaxy S20 deb nomlashi haqidagi xabarlar tasdiqlanib ulgurgan. Endi ularning eng kattasi – Samsung Galaxy S20+ 5G smartfonining birinchi real rasmi paydo bo‘ldi.

O‘QING: Samsung yangi «o‘ldirib bo‘lmas» smartfon taqdim etdi

Ushbu «jonli» suratlarni mashhur XDA-Developers resursining bosh muharriri Maks Vaynbax (Max Weinbach) e’lon qilgan. Unda kutilmagan holatni ko‘ramiz: bosh kamerasi beshta emas, balki to‘rtta datchikdan iborat; kamera blogidagi oltinchi tirqishga esa mikrofon o‘rnatishgan! Aftidan, Samsung shu yo‘l bilan videotasvirlarni olishda ovoz sifatini yaxshilashga e’tibor qaratgan.

Samsung Galaxy S20+ 5G ekrani chekkalari o‘zining «ajdod»idagiga nisbatan kamroq dumaloqlangan – u xuddi Google Pixel 2 XL ekrani kabi tep-tekis tuyuladi. Displey tepasidagi old kamera tirqishi esa Galaxy Note 10 modelidagidan ko‘ra ixchamroq.

Yana bir o‘ziga xosligi – Galaxy S20+ 5G korpusida Bixby ovozli yordamchisini faollashtirish uchun alohida tugmacha ajratilmagan.

O‘QING: Samsung tan oldi: uning BARChA smartfon va planshetlarida josuslik dasturi bor ekan!

Darvoqe, ushbu turkumdagi standart flagman Galaxy S20 deb, uning «og‘a»si esa an’anaga muvofiq Galaxy S20+ deb nomlanmoqda. Biroq Samsung ularning uchinchisini kutilganidek Galaxy S20e emas, balki Galaxy S20 Ultra modeli sifatida taqdim etyapti.

Galaxy S20 turkumining apparat ta’minoti haqida batafsil ma’lumotlar yo‘q, ammo Samsung ularni (sotiladigan hududiga bog‘liq holda) Qualcomm Snapdragon 865 hamda o‘zining Exynos 990 protsessorlari bilan ta’minlashiga shubha yo‘q.

O‘QING: AnTuTu reytingi: Samsung, Huawei, MediaTek va Qualcomm – qay biri eng zo‘r?

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!