Ilk partiyasi bir daqiqadayoq sotib tugatilgach, Xiaomi Mi Mix 3 keskin qimmatlab ketdi

  •   DiMaX
  •  2777
  •  27.10.2018 14:10

Ilk partiyasi bir daqiqadayoq sotib tugatilgach, Xiaomi Mi Mix 3 keskin qimmatlab ketdi

Xiaomi kompaniyasi 25 oktyabrda o‘zining flagman smartfoni – Mi Mix 3 slayderini rasman namoyish etgandi. U bir qator jihatlariga ko‘ra rekordchi va beshinchi avlod uyali aloqa tarmog‘ida ishlovchi ilk telefon bo‘ldi.

O‘QING: Nihoyat, ilk 5G-smartfon – Xiaomi Mi Mix 3 taqdim qilindi: atigi 475 dollardan boshlanuvchi, rekord «operativka»li flagman!

Taqdimotdan keyinoq Xiaomi Mi Mix 3 modeli savdoga ham qo‘yilgan, ya’ni avvaldan buyurtma rasmiylashtirish boshlangan edi. Ularning birinchi partiyasi bir daqiqaga ham yetmasdan sotib tugatilgan, ammo «xitoycha Apple» sotilgan smartfonlarning aniq miqdorini aytmagan.

Lekin shundan so‘ng turli onlayn do‘konlar barcha modifikatsiyalardagi Xiaomi Mi Mix 3 uchun belgilangan narxlarni keskin oshirishgan. Uning bazaviy versiyasi 72 dollarga, 256 gigabaytlik doimiy xotiraga ega talqini esa naq 145 dollarga qimmatlagan. Eslatib o‘tamiz, rasmiy namoyishda ularning narxi tegishlicha 475 va 575 AQSh dollariga tengligi aytilgan.

Xiaomi’ning allaqachon sotuvga chiqqan boshqa smartfonlarini, jumladan, 2018 yilning aprelidan to oktyabriga qadar benchmarklarda birinchi o‘rinni qo‘ldan bermay kelayotgan Xiaomi Black Shark geymerofoni hamda «Tezkorlik ustasi» – Pocophone F1 hamyonbop flagmani uchun esa Terashop.uz internet-do‘konimizda onlayn usulda buyurtma berishingiz mumkin.

O‘QING: Black Shark, Pocophone F1 va boshqa Xiaomi smartfonlarining Terashop.uz’dagi narxlari (2018 yil 25 oktyabr) – xaridingiz O‘zbekiston bo‘ylab bepul yetkaziladi!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!