Ilk shaxsiy kompyuter kimoshdi savdosida

Ilk shaxsiy kompyuter kimoshdi savdosida

Germaniyada Breker ochiq savdosida birinchi shaxsiy kompyuter qo‘yildi. Kenbak-1 kompyuterini 1971 yilda Jon Blankenbaker ishlab chiqargan, ko‘p o‘tmay savdoda Altair 880 va Apple I paydo bo‘lgan edi. 1971 yilda yasalgan bu qurilma o‘shanda 750 AQSh dollari narxida sotilgan. Asli bu kompyuterdan ko‘ra katta kalkulyatorga o‘xshaydi va bir soniyada yuzlab operatsiyani bajaradi.

Jon Blankenbaker uning ixtirosidan institut va universitetlarda foydalanishlarini orzu qilgan, odamlar kompyuterda dasturlashning nozik tomonlarini bilishlarini istagan.

Birinchi shaxsiy kompyuterda protsessor bo‘lmagan, tezkor xotirasi esa 256 bayt edi. Bu qurilma ellik nusxada ishlab chiqarilgan. Kuzatuvchilar ushbu noyob kompyuter 30-40 ming dollar narxga sotilishini taxmin qilmoqdalar.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.