Ilk Xiaomi noutbuki ishlab chiqarilishi bir necha oyga kechiktirildi

Ilk Xiaomi noutbuki ishlab chiqarilishi bir necha oyga kechiktirildi

Xitoyning Xiaomi kompaniyasi o‘zining ilk noutbukini ishlab chiqarishga kirishishni ortga surishga qaror qildi. DigiTimes nashri ma’lumotlariga ko‘ra, yangi mahsulotni turkum ishlab chiqarish may oyiga qadar kechiktirilgan.

Avvalroq ushbu tasnifda bir qancha qurilma ishlab chiqarilishi ma’lum qilingan bo‘lsa, endilikda ekran diagonali 12,5 dyuym bo‘lgan birgina model ustida gap ketmoqda.

Shunday qilib, Xiaomi noutbuki shu yilning iyunidan erta savdoga chiqarilmaydi. Ungacha bo‘lgan vaqt ichida esa kompaniya savdo va xizmat ko‘rsatish tarmoqlarini kengaytirish ustida ish olib boradi.

Noutbukning metall qobiq (korpus)da chiqarilishi, operatsion sistema sifatida esa Windows 10dan foydalanilishi kutilmoqda. Texnik xususiyatlar to‘g‘risida hozircha ma’lumotlar yo‘q. Axborot manbalarining bahosiga ko‘ra, ilk partiyadan 400 mingdan bir million donagacha qurilma joy oladi.

Eslatib o‘tamiz, Xiaomi kompaniyasining eng yaqin taqdimoti 29 mart kuni o‘tkaziladi. Katta ehtimol bilan mazkur prezentatsiyada modifikatsiyalangan, barmoq izi skaneri o‘rnatilgan Redmi 3 arzon smartfoni taqdim etiladi.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!