«Ilm-fan va texnologiyalarda xotin-qizlar» Markaziy Osiyo haftaligi: startaplarni AQShlik investorlar tanlaydi!

  •   DiMaX
  •  443
  •  27.03.2019 12:34

«Ilm-fan va texnologiyalarda xotin-qizlar» Markaziy Osiyo haftaligi: startaplarni AQShlik investorlar tanlaydi!

O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tashabbusi bilan joriy yilning 25-30 mart kunlari O‘zbekistonda ilk bor ijtimoiy sohalarda innovatsiyalar va inson kapitaliga investitsiyalar mavzusiga qaratilgan «Ilm-fan va texnologiyalarda xotin-qizlar» Markaziy Osiyo haftaligi tashkil etildi. Bu haqda vazirlikning rasmiy sayti xabar bergan.

O‘QING: 2021 yilgacha O‘zbekistonda ilmiy-tadqiqot faoliyatlari uchun davlat mablag‘lari oshiriladi

Haftalikda ishtirok etish uchun AQShning Kremniy vodiysidagi Google, Apple, Amazon, Mozilla kabi kompaniyalarda yetakchi lavozimlarda faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar taklif etildi.

Tadbir tashkilotchilari: O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi, Bolalar va oilalarni qo‘llab-quvvatlash assotsiatsiyasi, Toshkentdagi Inxa Universiteti bo‘lib, haftalik natijalariga ko‘ra O‘zbekistondagi xotin-qizlarni innovatsion kasblar va ijtimoiy biznes-loyihalarga jalb etish, Markaziy Osiyodan tashrif buyurgan hamkasblar bilan tajriba almashish maqsad qilingan. Shuningdek talabalar, yosh tadbirkorlar, startapchilar, malakali mutaxassislar uchun turli mavzularga oid sessiyalar bo‘lib o‘tadi.

Tadbirning rasmiy ochilish marosimi 26 martda bo‘lib o‘tdi. Unda Innovatsion rivojlanish vazirining birinchi o‘rinbosari Sharof Rajabboyev, Toshkentdagi Inha universiteti rektori v.b. Muzaffar Jalalov, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Markaziy kengashi raisining birinchi o‘rinbosari Alisher Sadullayev, BMTTD vakili, O‘zbekistondagi Doimiy koordinatori Xelena Freyzer, TechWomen dasturining direktori Jillian Skott qatnashdi.

Markaziy Osiyo va Kaliforniya o‘rtasidagi hududiy hamkorlik imkoniyatlari haqida Amazon, Lab 126 katta dasturchi muhandisi Veronika Oget so‘zladi: «Biz bir nechta dasturlarni muhokama qilib, ishga tushirdik. Ayni paytda mazkur dasturlar doirasida o‘zaro hamkorlik o‘rnatdik. Ularning orasida TechWomen, TechGirl va Technovation dasturlarini ko‘rsatish o‘tish mumkin. Dastur doirasida qizlar, ayollar Kremniy vodiysiga tashrif buyurib, Virjiniya Politexnika universitetiga o‘qishga kirishlari hamda O‘zbekistonlik yoshlar uchun maxsus ikki yillik kursda tahsil olishlari mumkin bo‘ladi».

Google hamda Northgate Environmemtal Management kompaniyalarining yetakchi xodimlari Zoi Shladou va Mayl Smit talabalar uchun kasbiy imkoniyatlar va kasbga yo‘naltirish haqida sessiya olib borishdi, hamda STEM (Science, Technology, Engineering and Mathematics — fan, texnika, muhandislik va matematika) ta’lim uslubi haqida so‘zlab berishdi.

O‘QING: O‘zbekistonda ilk innovatsion QR-kodli she’riy to‘plam nashr etildi

Haftalik 30 martgacha davom etib, qolgan sessiyalar Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti, Jahon Iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, Samarqand shahridagi Yoshlar ittifoqi, hamda Nukusdagi Yoshlar Ittifoqi binosida bo‘lib o‘tadi.

Shunday nufuzli tadbirni o‘tkazish uchun TechWomen dasturi tomonidan mamlakatimiz tanlanishi ham bejizga emas. 2019 yil mamlakatimizda «Faol investitsilar va ijtimoiy rivojlanish» yili, deb e’lon qilingan ekan, bunda inson kapitali va innovatsion loyihalarni yaratish masalalarini hududiy miqyosda muhokama qilish ustuvor vazifalardandir.

2018 yilda qabul qilingan mamlakatimiz innovatsion rivojlanish strategiyasining masalalaridan biri – ilm-fan, yuqori texnologiyalar va ularning tijoratlashtirilishini qo‘llab-quvvatlash bo‘lib, bunda tabiiy va aniq fanlar, axborot texnologiyalari, muhandislik ishi, texnologik, deb ataluvchi sohalarda ta’lim va mutaxassisliklarda xotin-qizlarning sonini ko‘paytirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Bunda iqtidorli xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va ularni yuqori texnologik sohalarda yetakchilik pozitsiyalarida ko‘tarish mexanizmlarini rivojlantirishga ko‘maklashish muhimdir.

Bugungi kunda O‘zbekiston olimlari o‘rtasida xotin-qizlarning ulushi 40% ga yaqin bo‘lsa, professorlar o‘rtasida bu ko‘rsatkich 20% gacha pasayadi, ilmiy muassasalar boshqaruvida – 5% va, afsuski, bizda Universitet rektori bo‘lib ishlaydigan biron ayol yo‘qligi achinarli. Bu raqamlar shundan dalolat beradiki, bugungi singari tadbirlar xotin-qizlarimizni qo‘llab-quvvatlashda o‘ta muhimdir. Dunyodagi yirik kompaniyalarda yetakchi lavozimlarni egallayotgan xotin-qizlarning mamlakatimizga tashrifi va o‘z tajribasi bilan bo‘lishishi mamlakatimizdagi xotin-qizlarni ilhomlantirishi tabiiy.

«Ilm-fan va texnologiyalarda xotin-qizlar» Markaziy Osiyo haftaligi 25 mart kuni aynan Ilg‘or texnologiyalar markazida bo‘ladigan tadbirdan boshlanishi bizni quvontiradi. Innovatsion rivojlanish vazirligining texnologik maydonchasi bo‘lmish Markazimizda, bir tomondan, ilg‘or ilmiy tadqiqotlar mujassamlansa, ikkinchi tomondan, startaplarni qo‘llab-quvvatlash uchun faol ish olib borilmoqda. Bu yerda ilmiy startaplarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan ilk Akselerator ishlamoqda va bugun mazkur akselerator ishtirokchilari TechWomen singari loyihaning mentorlari tomonidan maslahat olish imkoniga ega ekanliklari quvonarli holat.

Techwomen dasturi direktori Jillian Skot Haftalik tashkilotchilariga minnatdorlik bildirar ekan, bugun ko‘plab xotin-qizlar ilm-fan va texnologiyalarga qiziqayotgani aytib o‘tdi. O‘zbekistonga Haftalik doirasida Kremniy vodiysining turli kompaniya vakillaridan tashqari dunyoning turli mamlakatlaridan TechWomen dasturi stipendiatlari ham kelishdi. «Dasturimiz chegara bilmaydi, u uzoq muddatli hamkorlikka yo‘naltirilgan. Biz mamlakatlarimizning ilg‘or kelajagi uchun qayg‘uramiz. Bugun bu yerda o‘rgatish va o‘rganish uchun yig‘ildik», deya ta’kidladi J.Skot.

Spikerlar sirasida Salesforce kompaniya prezidenti Patritsiya Bouen Kempbell Kremniy vodiysi investorlari startaplarga mablag‘ kiritishda nimalarga ahamiyat berishini so‘zlab berdi.

O‘QING: Yurtimizning chekka hududlarida Q-Box moslamalari o‘rnatilmoqda