Ilmda inqilob: Isroilliklar 3D-printerda odam to‘qimasidan jonli yurak chop etishdi! (+video)

  •   DiMaX
  •  1861
  •  16.04.2019 12:19

Ilmda inqilob: Isroilliklar 3D-printerda odam to‘qimasidan jonli yurak chop etishdi! (+video)

Tel-Aviv universiteti laboratoriyasidagi olimlar dunyoda birinchi bo‘lib 3D-printer yordamida inson to‘qimasidan jonli, urib turuvchi yurak chop qilishdi. Bu – kelajak tibbiyotiga yo‘l ochuvchi muhim tarixiy voqeadir: mazkur yo‘nalishda ishlar rivojlantirilib, keyinchalik har bir bemor uchun o‘z organlarini yaratish mumkin bo‘ladi.

O‘QING: Smartfon va 3D-printer braziliyalik erkakning yuzini tiklashda yordam berdi

«Endi bemorlar organizmiga ko‘chirib o‘tkazish uchun biror donor a’zosini kutish, shuningdek, organizm uni qabul qilmay qo‘ymasligi uchun dorilar ichirish shart bo‘lmaydi. Buning o‘rniga, kasalxonaning o‘zida har bir bemorning o‘z to‘qimalaridan, aynan o‘ziga mos a’zoni chop qilish mumkin bo‘ladi», deyiladi universitetning rasmiy bayonotida.

Olimlar yaratgan yurak namuna nusxa bo‘lib, kattaligi taxminan quyon yuragicha – 2,5 santimetr keladi, ammo chindan ham urib turibdi. Uni chop etish «materiali» uchun bemorning yog‘ hujayralari olingan, yurak-qon tomir muskulining tayoqchasimon hujayralariga aylantirilgan va birlashtiruvchi to‘qima bilan aralashtirilgan. Yurakni chop etishga uch yarim soat vaqt ketgan.

Mana, 3D-printerda chop etilgan tirik yurakchani «jonli» videoda tomosha qiling:

Tadqiqotchilar mazkur tajriba doirasida bir necha o‘nlab yuraklarni chop etib, keyin ularning ish qobiliyatini tekshirish maqsadida jonivorlarga o‘rnatib ko‘rishmoqchi. Olimlarning fikricha, to‘laqonli inson yuragini chop etish va o‘rnatish imkoniyatlari yaqin o‘n yil ichida yuzaga keladi.

O‘QING: TATU o‘qituvchi va talabalari 3D-printer orqali harakatlanadigan maxsus robot yaratdi