Ilon Mask barchani Facebook’ni yo‘q qilishga chaqirdi

  •   DiMaX
  •  2550
  •  11.02.2020 14:28

Ilon Mask barchani Facebook’ni yo‘q qilishga chaqirdi

Dunyodagi eng ommalashgan ijtimoiy tarmoq – Facebook shaxsiy ma’lumotlarni himoyalay olmasligi, axborot makonida foydalanuvchilarga ta’sir o‘tkazish vositasiga aylanayotgani bot-bot aytilmoqda. Taniqli aktyor Sasha Baron Koen ushbu tarmoqni «tarixdagi eng yirik propagandistlar mashinasi» deb atadi.

O‘QING: Taqiqlaganingiz befoyda, Facebook baribir sizni poylab yuribdi!

Aktyor o‘zining Tvitter-akkauntida quyidagicha yozgan:

«Biz birgina kishi 2,5 milliard nafar inson uchun suvni o‘z nazoratiga olishiga imkon bermaymiz. Biz 2,5 milliard nafar inson uchun elektr nazoratini bir kishiga topshirib qo‘ymaymiz. Nega biz 2,5 milliard nafar inson ko‘radigan axborotni bir kishi nazorat qilishiga imkon beryapmiz? Facebook hukumat tomonidan tartibga solinishi kerak, imperator tomonidan emas!»

Unga javoban Ilon Mask ham bu fikrga qo‘shilishini yozgan va shuning o‘zi bilangina cheklanib qolmagan. Tesla rahbari o‘z tvitida #DeleteFacebook heshtegini e’lon qilish bilan, kishilarni Mark Sukerberg ijtimoiy tarmog‘idan foydalanmaslikka chaqirgan.

Aytish kerakki, bu – Facebook’ka qarshi Ilon Maskning birinchi e’tiroz bildirib chiqishi emas. 2018 yili u Tesla kompaniyasining ushbu platformadagi sahifasini o‘chirib tashlagan edi.

O‘QING: «Bu ilovadan foydalanish xavfli!» – Telegram asoschisi yana chiqish qildi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!