Ilon Mask bir yilda $100 mlrd.ga boyib, dunyoning eng badavlat kishisiga aylandi!

  •   DiMaX
  •  2365
  •  08.01.2021 08:56

Ilon Mask bir yilda $100 mlrd.ga boyib, dunyoning eng badavlat kishisiga aylandi!

SpaceX va Tesla kompaniyalari rahbari Ilon Mask kuni kecha Amazon asoschisi Jeff Bezosni ortda qoldirib, dunyoning eng boy kishisiga aylandi. Bu haqda Bloomberg xabariga tayanib Sof.uz yozmoqda.

O‘QING: Ilon Mask bir kunda salkam 9 milliard dollaridan ayrildi

7 yanvar kuni Tesla aksiyalarining narxi 796,38 dollargacha ko‘tarildi va Maskning boyligi 188,5 mlrd dollarga yetdi.

2020 yil boshida milliarderning boyligi 27 mlrd dollar bo‘lib, u dunyoning eng boy kishilari ro‘yxatida yuqori o‘ntalikdan ham joy olmagandi.

O‘tgan yil dekabrida Tesla aksiyalari narxi oshishi hisobiga uning boyligi 7,2 mlrd dollarga ko‘payib, 128 mlrd dollarga yetgan.

Bloomberg hisob-kitoblariga ko‘ra, Maskning boyligi o‘tgan yilning 12 oyi davomida taxminan 100 mlrd dollarga ko‘paygan. Ta’kidlanishicha, dunyoning eng boy 500 kishisi orasida hech kim bunday davr ichida o‘z boyligini bunchalik ko‘paytira olmagan.

Bezos esa 2017 yildan buyon dunyoning eng boy kishisi maqomini hech kimga bermay kelayotgandi. Uning boyligi 184 mlrd dollar deb baholanmoqda.

O‘QING: Apple hatto Tesla’ga egalik qilishi mumkin edi, lekin Tim Kuk...

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!