Ilon Mask bitta tviti bilan bitkoin narxini yana $5000 ga ko‘tarib yubordi!

  •   DiMaX
  •  1046
  •  30.01.2021 11:01

Ilon Mask bitta tviti bilan bitkoin narxini yana $5000 ga ko‘tarib yubordi!

Sayyoramizning eng badavlat kishisi, tadbirkor va ixtirochi Ilon Mask o‘zining Twitter tarmog‘idagi sahifasidagi antiqa chiqishlari bilan ham tanilgan. Masalan, bir gal u bitta tvit bilan o‘zining Tesla kompaniyasi aksiyalari narxini tushirib yuborgan edi.

O‘QING: «Vau, ishlab ketdi!»: Ilon Mask kosmos orqali ilk tvitni jo‘natdi

Kecha – 29 yanvar kuni ushbu milliarderning bittagina tviti bilan bitkoin kriptovalyutasining narxi oshib ketdi. Twitter-akkauntida u tegishli heshteg bilan «Ortga qaraganda, shunday bo‘lishi aniq edi», deb yozgan:

Shu paytda deyarli 32 ming AQSh dollari bo‘lib turgan bitkoin narxi Maskning ushbu tvitidan keyin 37 ming dollarga chiqib ketgan! Ko‘rinib turibdiki, birdaniga besh ming dollarga «sakrash» qilgan kriptovalyuta bahosi keyinchalik pasaygan, lekin avvalgidek emas.

Qizig‘i shundaki, SpaceX va Tesla kompaniyalari asoschisi bo‘lgan ushbu milliarder hali o‘tgan oyning oxiridagina bitkoinni tanqid qilgan edi. Eng ommabop bo‘lgan ushbu kriptovalyutani o‘shanda u hech nimaga bog‘lanmagan ramziy pulga qiyoslagandi.

O‘QING: Ilon Mask milliardlarini qanday topgan?

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!