Ilon Mask: "Bu yerda nima bo'lyapti Tim Kuk?"

Ilon Mask:

Amerikalik dunyoning eng boy odami, Ilon Mask rahbarligida Twitter ijtimoiy tarmog'i o'zining ko'plab reklama beruvchilarini yo'qotdi. Milliarderning aytishicha, ular orasida Apple ham bor.

"Apple deyarli Twitter'da reklama qilishni to'xtatdi. Ular Amerikada so'z erkinligini yomon ko'radimi?", dedi va "Bu yerda nimalar bo'lyapti Tim Kuk?", deya qo'shimcha qildi Ilon Mask.

Tesla rahbari Apple'ni tanqid qilishda davom etdi. U o'zining Twitter sahifasida "Apple o'z mijozlariga ta'sir qiladigan barcha tsenzura harakatlarini ochiqlashi kerak" mavzusida so'rovnoma o'tkazdi va unda salkam 1,9 million ishtirok etgan: qatnashuvchilarning 85 foizi "Ha" javobini bergan bo'lsa, qolgan 15 foizi "Yo'q"ni tanlagan. Qolaversa, Mask ilova ichidagi xaridlar uchun App Store'ning 30 foizlik komissiyasini ham eslab o'tgan va uni "yashirin soliq" degan.

Ilon Maskning qo'shimcha qilishicha, Apple Twitter'ni o'z App Store'dan olib qo'yish bilan tahdid qilgan, ammo buning sababini aytmagan. Ehtimol, bu Twitter yangilanishini bilan bog'liq holat bo'lishi mumkin yoxud Apple Twitter yangilanishini rad etgan.

Kupertinolik kompaniya hozircha Ilon Mask tvitlariga javob berganicha yo'q. Voqealar rivojini kuzatishda davom etamiz!

O'QING: Apple yil ilova va o‘yinlarini e’lon qildi!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!