Ilon Mask butun dunyoda Starlink interneti ishga tushadigan vaqtni aytdi

  •   DiMaX
  •  3116
  •  01.07.2021 09:35

Ilon Mask butun dunyoda Starlink interneti ishga tushadigan vaqtni aytdi

Barselona shahrida shu kunlarda Mobile World Congress yillik anjumanining bu yilgisi – MWC 2021 bo‘lib o‘tayotganidan xabaringiz bor. Uning doirasida Ilon Mask bayonot berib, Starlink loyihasi haqida so‘z yuritdi.

O‘QING: Tezkor internet ulashuvchi Starlink sun’iy yo‘ldoshlari kimga xalaqit beryapti?

SpaceX kompaniyasining mazkur loyihasi sun’iy yo‘ldoshlar tizimi orqali butun Yer yuziga arzon va tezkor internet yetkazib berishga mo‘ljallangan. Hozirda mazkur internet ayrim mamlakatlar hududida ishlay boshlagan bo‘lsa, Ilon Mask endi uni butun jahonga tarqatilish vaqtini aytdi.

Interesting Engineering nashrining yozishicha, kompaniya Starlink servisining to‘liq ishga tushirilish jarayonini tezlashtirishga tayyor. Shu paytgacha uni 2021 yilning sentyabrida butun dunyoga taqdim etilishi rejalashtirilgan bo‘lsa, endi avgustdayoq joriy etish mumkin, demoqda SpaceX asoschisi.

Shu bilan birga, Mask ushbu loyiha doirasidagi internet narxlari haqida ham gapirgan. Unga ko‘ra, Starlink internetini qabul qiluvchi tarelkasimon antenna 500 dollardan sotiladi. Internet uchun oylik obuna barcha mamlakatlarda bir xil narxda taqdim etiladi, uning tezligi esa o‘rtacha 80 Mbit/soniyaga teng bo‘ladi.

O‘QING: O‘zbekistonda internet tezligi yana oshadi

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!