Ilon Mask chiplashtirgan maymun allaqachon videoo‘yin o‘ynayapti!

  •   DiMaX
  •  1460
  •  02.02.2021 11:28

Ilon Mask chiplashtirgan maymun allaqachon videoo‘yin o‘ynayapti!

Sayyoramizning eng badavlat kishisi bo‘lgan Ilon Mask tilga olinganida, ko‘pincha uning SpaceX hamda Tesla kompaniyalari asoschisi ekanligi eslanadi. Biroq uning 2016 yili asos solingan Neuralink kompaniyasi ham mavjud va u jonli mavjudotlarni, shu jumladan odamzodni chiplashtirish, kompyuter bilan bog‘lash texnologiyalari ustida ishlamoqda.

O‘QING: Ilon Mask kiborg-odamlar uchun yangi chipni va kiborgga aylantirilgan cho‘chqani ko‘rsatdi (video)

Ilon Mask ushbu kompaniyaning tadqiqotlari doirasida maymun miyasiga chip o‘rnatilganini ma’lum qildi. Bu haqda Bloomberg nashri xabariga tayanib Kun.uz yozmoqda.

Mask o‘zining Neuralink kompaniyasi o‘tkazgan muvaffaqiyatli tajriba haqida ma’lum qilgan. Uning aytishicha, kompaniyada miyasiga implant o‘rnatilgan maymun paydo bo‘lgan.

«U miyasi yordamida videoo‘yinlar o‘ynay oladi», — deya aniqlik kiritgan Mask.

Tadbirkorning so‘zlariga ko‘ra, chip maymunga hech qanday ozor bermaydigan tarzda teri ichiga o‘rnatilgan. U yaqin oylarda miyasiga chip o‘rnatilgan maymunlar tasvirlangan videolavhalarni taqdim etishga va’da bergan.

O‘QING: Boylar ham o‘ynaydi: Ilon Maskning sevimli videoo‘yinlari qaysilar?

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!