Ilon Mask dunyoning birinchi trillioneri bo‘lishi taxmin qilindi

Ilon Mask dunyoning birinchi trillioneri bo‘lishi taxmin qilindi

Morgan Stanley tahlilchilarining taxminlariga ko‘ra, Tesla'ning yordami bilan katta boylikka ega bo‘lgan Ilon Mask birinchi trillioner bo‘ladi va SpaceX unga bu borada yordam beradi.

Ayni paytda uning boyligi taxminan 240 milliard dollarga baholanmoqda va bu uni dunyoning eng boy odamiga aylantiradi. 

SpaceX tahlilchisi Adam Jonsning aytishicha, odamlar va yuklarni oy va marsga olib keta oladigan SpaceX'ning Starship raketalari kosmik sanoati sarmoyadorlarining umidlarini o‘zgartirishi mumkin. 

“Bir mijoz aytganidek, “Starship'dan oldin kosmos haqida gapirish Google'dan oldin internet haqida gapirish bilan barobar,“ deydi Jons. 

Jonsning taxmin qilishicha, SpaceX xususiy mulki 200 milliard dollarga teng bo‘lishi mumkin, lekin u keskin oshadi, chunki kompaniya bir qancha yangi sohalarda, jumladan, kosmik infratuzilma va chuqur kosmik tadqiqotlar bilan shug‘ullanadi. 

O‘QING: AQSh Oyga internet tushirishni rejalashtirmoqda