Ilon Mask dunyoning eng boy odamlari beshligiga kirdi

  •   DiMaX
  •  1644
  •  23.07.2020 14:33

Ilon Mask dunyoning eng boy odamlari beshligiga kirdi

SpaceX hamda Tesla kompaniyalari asoschisi Ilon Mask real vaqt rejimida yangilanib boradigan Forbes nashrining milliarderlar reytingida beshinchi o‘ringa ko‘tarildi. Bu haqda Forbes Rossiya xabar bermoqda.

O‘QING: Butun Yer yuziga internet tarqatuvchi Starlink saytidagi arizangizda endi manzilingizni ham ko‘rsata olasiz!

Maskning boyligi 74,2 milliard dollarni tashkil qilmoqda (bir kunda $5,1 mlrd. qo‘shildi). Bu Nasdaq fond birjasida Tesla aksiyalari narxi 9% ga oshib, donasi $1643 gacha ko‘tarilgandan keyin yuz berdi.

Dunyoning eng boy insoni hamon Amazon kompaniyasining rahbari Jeff Bezos bo‘lib, uning boyligi 13 milliard dollarga o‘sib 189 milliard dollarga etdi.

Ikkinchi pog‘onani Louis Vuitton Moet Hennessy kompaniyalar guruhi prezidenti Bernard Arnault ($113,8 mlrd.), uchinchi o‘rinni esa Microsoft asoschilaridan biri Bill Geyts ($113,4 mlrd.) egallaydi. Keyingi o‘rinda Facebook asoschisi Mark Sukerberg (90,3 milliard dollar) bor.

Esingizda bo‘lsa, Ilon Mask o‘tgan hafta Forbes reytingiga ko‘ra birinchi marta dunyoning eng boy odamlari o‘nligiga kirgan va 70,8 milliard dollar boylik bilan reytingda sakkizinchi o‘rinni egalladi 15 iyul kuni Nasdaq'dagi savdolar yakunida Tesla'ning bir dona aksiyasi qiymati 1546 dollarni tashkil qildi. Bloomberg'ning yozishicha, yil boshidan beri kompaniya aksiyalari qiymati to‘rt baravar oshdi.

Bloomberg Billionaire Index reytingida esa Tesla rahbari 6-o‘rinni egallaydi.

O‘QING: Oddiy fuqaro nega birdaniga 27 dona Tesla elektromobili sotib oldi?

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!