Ilon Mask endi o'z ijtimoiy tarmog'iga ega

Ilon Mask endi o'z ijtimoiy tarmog'iga ega

Kecha, 25-aprel kuni Twitter direktorlar kengashi kompaniyani $44 milliardga Ilon Maskka sotishga rozi bo'lishdi. Tesla va SpaceX kompaniyalari rahbari ijtimoiy tarmoqni o'zi taklif qilgan narxda: kompaniya har bir aksiyasini 54.20 dollardan sotib oladi. Endilikda shartnomaga ko'ra, Twitter kompaniyasi xususiylashtiriladi va birjada kompaniya aksiyalari savdosi to'xtatiladi. 

 

"So‘z erkinligi amaldagi demokratiyaning poydevori, Twitter esa insoniyat kelajagi uchun muhim masalalar muhokama qilinadigan raqamli shahar maydonidir. Shuningdek, men Twitter-ni yangi xususiyatlar, ishonchni oshirish uchun algoritmlarni ochiq manba qilish, spam-botlarni yo'q qilish, barcha odamlarni autentifikatsiya qilish bilan har qachongidan ham yaxshiroq qilishni xohlayman. Twitter ulkan salohiyatga ega – men uni ochish uchun kompaniya va foydalanuvchilar hamjamiyati bilan hamkorlik qilishni orziqib kutaman”. deydi Ilon Mask kompaniyani sotib olar ekan. Shu bilan birga u o'zining Twitter sahifasida eng ashaddiy tanqidchilarini ham ijtimoy tarmoqda qolishini, chunki so'z erkinligi mana shu ekanligini aytgan.

 

"Twitter kengashi Ilonning taklifini fikr bilan va keng qamrovli baholash jarayonini o'tkazdi, bunda qiymat, aniqlik va moliyalashtirishga e'tibor qaratdi. Taklif etilayotgan kelishuv katta miqdorda pul mukofoti olib keladi va biz bu Twitter aksiyadorlari uchun eng yaxshi yo‘l deb hisoblaymiz." deydi Twitter'ning mustaqil boshqaruv raisi Bret Taylor.

 

"Shartnoma yopilgach, platforma qaysi yo'nalishda ketishini bilmaymiz", degan edi Twitter'ning bugungi kundagi bosh direktori Parag Agraval dushanba kuni xodimlarga.

Fox News nashri bergan xabarlarga ko'ra, garchi Amerikaning sobiq prezidenti Donald Tramp Twitter'da blokdan ochilsa ham, unga qaytmasligini va o'zining Truth ijtimoiy tarmog'idan foydalanishini ma'lum qilgan.

Ilon Mask o'tgan oyning 14-mart kuni Twitter'ning salkam 10 foizlik aksiyalarini sotib olgan va bu 4-aprelga kelib ma'lum bo'lgan edi. O'zining hazillari va biznes yangiliklarini ulashib boradigan 80 milliondan ortiq obunachiga ega sahifasida milliarder ijtimoiy tarmoq uchun bir nechta o'zgarishlarni ham taklif ham qilgan. 14-aprel kuni Mask ijtimoiy tarmoqni to'laligicha sotib olmoqchiligi ma'lum bo'lgan edi.

O'QING: Eski ilovalar App Store'dan ham olib tashlanadi!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!