Ilon Mask hali chiqmagan Tesla Cybertruck salonini ilk bor ko‘rsatdi: ekran, shturval...

  •   DiMaX
  •  1482
  •  17.04.2021 12:05

Ilon Mask hali chiqmagan Tesla Cybertruck salonini ilk bor ko‘rsatdi: ekran, shturval...

Elektrokarlar olamining yetakchisi uchta rusumdagi mahsulotini rasman namoyish qilgan, lekin savdosini boshlamagan. Bular – Cybertruck pikapi hamda Roadster sport elektromobili, shuningdek Semi elektrik yuk mashinasidir.

O‘QING: Tesla tayyorlagan eng arzon elektromobilni sifatli suratlarda ko‘ramiz

Bular orasidan Tesla Cybertruck modeli 2019 yili namoyish etilgan va joriy yilning oxirigacha savdoga chiqishi kerak. Biroq kompaniya rahbari Ilon Mask allaqachon uni minib yuribdi va kuni kecha Texasdagi Tesla Gigafactory zavodi qurilishiga shu pikapda borgan.

Milliarder zavod hududida yangi elektropikapni haydab yurgan, ishchilar bilan suhbatlashgan va hatto ularga mashinaning ichlarigacha ko‘rsatgan.

O‘QING: Tesla elektromobiliga so‘kina ko‘rmang – buni buyruq o‘rnida qabul qiladi!

Tesla Cybertruck rul o‘rniga shturval bilan jihozlanmoqda, xuddi Model S elektrokaridagi kabi. Elektrik pikap salonida, shuningdek, diagonaliga 17 dyuymlik displey ham bor. Bulardan tashqari, yig‘ib qo‘yilgan o‘ng o‘rindiqqa ham ko‘zimiz tushadi – uning yuqori qismida stakan qo‘yadigan maxsus joylari bor.

Eslatib o‘tamiz, Tesla Cybertruck uch xil kersiyada ishlab chiqariladi va boshlang‘ich versiyasi bitta quvvatda 400 kilometr yura oladi. Turgan joyidan tezligini 100 km/soatga yetkazish uchun unga 6,5 soniya kifoya qiladi.

O‘QING: «Yo‘lni bo‘shat, Tesla!» – ilk «quyosh» avtomobili ishlab chiqildi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!