Ilon Mask ham xuddi UzAuto kabi bahona qildi: «Bu hojatxona qog‘ozi yetishmasligiga o‘xshaydi»

  •   DiMaX
  •  754
  •  04.06.2021 17:22

Ilon Mask ham xuddi UzAuto kabi bahona qildi: «Bu hojatxona qog‘ozi yetishmasligiga o‘xshaydi»

Tesla elektrokar gigantining asoschisi Ilon Maks chiplarning yetishmovchiligini hojatxona qog‘ozi yetishmovchiligi bilan taqqosladi. Bu xususda UZZOOM nashri xabar bermoqda.

O‘QING: Las-Vegas ostida Ilon Mask tonneli ishga tushdi, unda Tesla tezligi 185 km/soatga chiqdi!

Ijtimoiy tarmoqlardagi foydalanuvchilardan birining xabariga javoban, tadbirkorning yozishicha, hozirda eng katta muammo ta’minot zanjiri, ayniqsa mikroprotsessor yetishmovchiligidir. Mask tan olganidek, u hech qachon bunga o‘xshash vaziyatga uchramagan. Kompaniyalar tanqislikdan qo‘rqqani bois nihoyatda ko‘p chiplarga buyurtma berishadi.

«Bu hojatxona qog‘ozi yetishmovchiligiga o‘xshaydi, faqat juda ham yirik miqyosda», – dedi Ilon Mask. Bu bilan u COVID-19 pandemiyasi davrida iste’mol tovarlari va oziq-ovqat mahsulotlarini vahima bilan sotib olish paytida hojatxona qog‘oziga talab katta bo‘lganligini nazarda tutgan.

Eslatib o‘tamiz, 31 may kuni UzAuto matbuot xizmati yangi avtoulovlarni yetkazib berish vaqtining ko‘payishini tushuntirib, yarimo‘tkazgichlarning global ob’yektiv tanqisligi haqida ham to‘xtab o‘tgan edi, deydi UZZOOM.

O‘QING: Mask ham, Bezos ham «damini olaversin»: sayyoramizda eng boy kishi boshqasi bo‘ldi!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!