Ilon Mask hattoki McLaren P1 superkarini yenggan – dunyodagi eng tezkor avtomobilning sotuvga chiqish kunini aytdi

  •   DiMaX
  •  1116
  •  21.05.2021 12:36

Ilon Mask hattoki McLaren P1 superkarini yenggan – dunyodagi eng tezkor avtomobilning sotuvga chiqish kunini aytdi

Tesla asoschisi va rahbari Ilon Mask shu yilning 3 iyunida kompaniya maxsus tadbir o‘tkazishini e’lon qildi. Mazkur marosim Tesla Model S Plaid elektromobilining yetkazib berilishi boshlanishiga bag‘ishlanmoqda.

O‘QING: «Yo‘lni bo‘shat, Tesla!» – ilk «quyosh» avtomobili ishlab chiqildi

Tesla Model S Plaid elektrik sedani shu yilning boshida taqdim etilgan bo‘lib, uni Model S Performance modelining o‘rniga chiqarishgan. Undagi uchta elektromotorning quvvati 1034 ot kuchiga teng, tinch turgan joyidan tezligini 100 km/soatga yetkazish uchun bu mashinaga 1,99 soniya kifoya qiladi. Elektrokar akkumulyatorining bitta to‘la quvvati bilan 628 kilometrgacha masofani bosib o‘ta oladi.

Ilon Mask ushbu mahsuloti hozirda seriyali ishlab chiqarilayotgan avtomobillar orasida eng tezkori ekanligini yana bir bor ta’kidlagan. Avvalroq esa biz buning amaldagi isboti bo‘lgan «jonli» videoni ulashgan edik.

3 iyundagi tadbirda kompaniya yangilangan Tesla Model S sedani, xususan, yangilangan rul chambaragi haqida batafsil ma’lumot berishi kutilmoqda.

Taqqoslash uchun keltirib o‘tsak, elektrik sedan McLaren P1 superkaridan tezkor chiqqan, yangi McLaren Senna modelidan esa atigi uch soniyaga ortda qolgan. Biroq bu ikki mashinaning narxi dollarda yetti xonali sonni tashkil etadi, Model S Plaid esa ulardan ancha arzon – bazaviy modifikatsiyasi narxi «atigi» 134 490 AQSh dollariga teng.

O‘QING: Tesla hali ishlab chiqarilmagan elektrokarlarini ham allaqachon sotib tugatdi!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!