Ilon Mask internet tezligini 2021 yildayoq ikki baravar oshirishga va’da berdi!

  •   DiMaX
  •  759
  •  01.03.2021 14:36

Ilon Mask internet tezligini 2021 yildayoq ikki baravar oshirishga va’da berdi!

SpaceX kompaniyasining Starlink loyihasi hozir yirik tadbirkor Ilon Maskning bitmas-tuganmas rejalari orasida amalga oshishga eng yaqini bo‘lib turibdi. Taniqli muhandis ushbu loyihani 2021 yilda rivojlantirish rejalarini oshkor etdi.

O‘QING: Ilon Mask xursand: Starlink interneti endi o‘z kuchini ko‘rsatdi!

Rasmiy ma’lumotga ko‘ra, Starlink interneti loyihasi doirasida ayni damgacha fazoga uchirilgan sun’iy yo‘ldoshlar soni ming donadan oshgan. Joriy yilda esa ularning safini yanada kengaytirish, internet tezligini oshirish hamda ulanishdagi ushlanib qolish oralig‘ini qisqartirish ko‘zda tutilgan.

Shu bilan birga, Starlink internetiga ulangan abonentlar soni ham oshkor etildi – servisning faol obunachilari o‘n ming nafarga yaqinlashib qolgan. Ularning aksariyati AQSh shimolida va Kanada janubida yashaydi, lekin Ilon Mask yaqinda ushbu internet to‘lqinini qabul qiluvchi antennalarga oldindan buyurtma berish imkonini barcha xohlovchilar uchun ochishini e’lon qilgan. Hozirdanoq mamlakatning ellikta shtatidan ham unga ulanishni istovchi yuz minglab xohlovchilar bor. Biroq tarmoq qamrovini kengaytirish ishlari kamida yilning yarmigacha boradi.

Ilon Mask so‘zlariga ko‘ra, 2021 yilning oxirigacha Starlink internetining tezligi ikki karraga oshib, 300 Mbit/soniyaga yetkaziladi. Kelajakda u mazkur ko‘rsatkichni 10 Gbit/soniyagacha ko‘tarishga qodir, ammo buning uchun hali ko‘p sun’iy yo‘ldosh uchirilishi kerak.

«Yer yuzining katta qismini qoplash shu yilning oxirigacha, to‘liq qamrab olish esa keyingi yilda amalga oshiriladi. Shundan keyingina tarmoq qamrovini zichlashtirish haqida gapirish mumkin», – deydi Ilon Mask.

O‘QING: Zo‘rdan zo‘r chiqdi: Ilon Mask endi dunyodagi eng boy odam emas! (BBI reytingi, 2021 yil 17 fevral)