Ilon Mask kompaniyasi dinozavrlarni tiriltirishga tayyorligini e’lon qildi!

  •   DiMaX
  •  1117
  •  07.04.2021 13:35

Ilon Mask kompaniyasi dinozavrlarni tiriltirishga tayyorligini e’lon qildi!

Sayyoramizdagi eng badavlat kishilardan biri bo‘lgan Ilon Mask tilga olinganida, ko‘pincha uning Tesla hamda SpaceX kompaniyalari asoschisi ekanligi eslanadi. Biroq ushbu tadbirkor 2016 yili asos solingan Neuralink kompaniyasi ham bor va u jonli mavjudotlarni, shu jumladan odamzodni chiplashtirish, kompyuter bilan bog‘lash texnologiyalari ustida ishlamoqda.

O‘QING: Maymunni chiplashtirib videoo‘yin o‘rgatgan Mask endi odamlarni chiplashtirish muddatini aytdi

Neuralink kompaniyasining hammuassisi Maks Xodak kuni kecha Twitter tarmog‘ida qiziq chiqish qildi. Uning yozishicha, mutaxassislarda allaqachon gen muhandisligi yutuqlari asosida dinozavrlarni yaratish haqiqiy Yura davri bog‘i – Jurassic park’ni barpo etish texnologiyalari mavjud.

«Biz o‘zimiz xohlasak, balki, Yura davri bog‘ini qurishimiz mumkin edi. Balki bu genetik jihatdan aynan aslidek dinozavrlar bo‘lmas, lekin... Ehtimol, 15 yillik seleksiya + injeneriya ishlaridan so‘ng superekzotik yangi turlarni yaratishimiz mumkin», deb yozgan Neuralink asoschilaridan biri bo‘lgan Maks Xodak.

Qizig‘i – u keyin shu yo‘nalishda boshqa fikrlarini e’lon qilgan: Xodak fikricha, qirilib ketish – bioxilma-xillikni oshirish uchun qimmatli vosita bo‘lishi mumkin. Aftidan, bu bilan u «dinozavrlarning joyi – o‘sha o‘tmishda», demoqchi bo‘lgandir.

O‘QING: Ilon Mask kiborg-odamlar uchun yangi chipni va kiborgga aylantirilgan cho‘chqani ko‘rsatdi (video)