Ilon Mask loyihasiga raqobatchi texnologiyani Putin ma’qulladi

  •   DiMaX
  •  457
  •  25.06.2021 16:58

Ilon Mask loyihasiga raqobatchi texnologiyani Putin ma’qulladi

Neuralink startapi maymunga chip o‘rnatib, videoo‘yinlar uni o‘ynashga o‘rgatgani haqida yozgan edik. Kompaniya rahbari Ilon Mask esa odamlarni xuddi shu tarzda chiplashtirish muddatini ham aytgan. Shuningdek, u kiborg-odamlar uchun yangi chipni va kiborgga aylantirilgan cho‘chqani videoda ko‘rsatgan. Bulardan tashqari...

O‘QING: Ilon Mask kiborgga aylantirgan maymun FIKR KUChI BILAN kompyuterda o‘yin o‘ynamoqda! (+«jonli» video)

Rossiya Fanlar akademiyasi va Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti inson miyasiga mikrochiplarni kiritish texnologiyasini yaratish uchun yangi texnik dastur ishlab chiqdi, deya xabar bermoqda Qalampir.uz.

Ma’lum bo‘lishicha, Rossiya prezidenti Vladimir Putin ushbu loyihani ma’qullagan va hukumat a’zolariga uni amalga oshirishni boshlashni buyurgan. Dastur 54 milliard rublni tashkil qilishi kutilmoqda. Shuningdek, u Ilon Maskning Neuralink startapi bilan raqobatlashishi aytilgan.

Ta’kidlanishicha, innovatsion dastur 2021–2029 yillarga mo‘ljallangan. Loyiha doirasida mutaxassislar neyrotizim texnologiyalarini rivojlantiradi. Jumladan, «odam-texnika» tizimini ishlab chiqaradi. Natijada inson samolyot, avtomobil va shu kabi texnikalarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri va masofadan turib boshqarish imkoniga ega bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, Ilon Mask hozirga qadar 8 ta kompaniyaga asos solgan. Ularquyidagilardir: Zip2, PayPal, SpaceX, Tesla, Hyperloop, OpenAI, Neuralink va The Boring Company.

O‘QING: Diplomatiya universitetiga kira olmagan qiz Tesla’ga ishga kirdi!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!