Ilon Mask milliardlarini qanday topgan?

Ilon Mask milliardlarini qanday topgan?

"Haqiqiy hayotdagi Toni Stark" deb ataluvchi Ilon Mask o‘z harakatlari bilan milliarderlikka erishgan muhandis, kelajakni oldindan ko‘ra bilgan olim va sarmoyachi hisoblanadi.

Ilm-fan, texnologiya va moliya sohalarida yuksak cho‘qqilarga erishgan Mask ikki yirik kompaniya — Tesla Motors korporatsiyasi (NASDAQ: TSLA) va SpaceX xususiy kompaniyasining Bosh ijrochi direktoridir.

U o‘z boyligining katta qismini 20 yildan ortiq muddat davomida avvalgi kompaniyalarini sotish yoki aksiyalarni savdoga qo‘yish bilan jamg‘argan. 1999-yilda ilk kompaniyasi Zip2'ni Compaq'qa sotgan. Shartnomaga ko‘ra, Maskka 307 million dollar pul va 34 million dollar qiymatdagi aksiya taqdim qilingan. U bu mablag‘ni, keyinchalik PayPal Holdings (NASDAQ: PYPL) korporatsiyasiga aylangan, X.com'ga asos solishga sarflagan. PayPal ham 2002-yilda 1.5 milliard dollar evaziga eBay’ga (NSDQ: EBAY) sotilgan.

1998-yilda (2007-yilda Dell tomonidan sotib olingan) Everdream korporatsiyasiga sarmoya kiritib investorga aylangan Mask, sun’iy ongga ixtisoslashgan DeepMind Technology'ga (bu kompaniyani esa 2014-yilda Google sotib olgan) ham investitsiya kiritgan.

Tesla

Tesla'ning 22% aksiyasiga egalik qiluvchi Ilon Mask kompaniyaning eng katta investoridir. U, shuningdek, kompaniya asochisi va Bosh ijrochi direktori hamdir.

Bundan tashqari, Tesla o‘z oldiga qo‘ygan ma’lum rejalarni amalga oshirsa, Maskka 2018-yilgi aksiyalar qiymati bo‘yicha 2.6 milliard dollar ulush ham beriladi. Vaholanki, ushbu to‘lov amalga oshirilishi kelgan paytda aksiyalar qiymati 56 milliard dollarga yetishi taxmin qilinadi. Kompaniya rahbari sifatida Mask hech qanday maosh olmaydi.

SolarCity

SolarCity quyosh panellari ishlab chiqaruvchi kompaniya bo‘lib, unga Maskning xolavachchasi tomonidan asos solingan. Kompaniyani Tesla 2016-yil 2.6 milliardga sotib olgan. Xuddi shu davrdan boshlab, SolarCity'ning biznesi qisqarib kelmoqda, chunki Mask kompaniya faoliyatining katta qismini Tesla mobillarning 3-modelini yaratishga yo‘naltirgan.

SpaceX

Ilon Mask SpaceX xususiy kompaniyasining 54% aksiyasiga egalik qiladi, taxminlarga ko‘ra, bu 33.3 milliard dollarga teng. AQSh hukumati NASA va Havo kuchlari vositasidagi shartnomalar orqali SpaceX bilan hamkorlik qilib, sun’iy yo‘ldoshlarni fazoga olib chiqadi. Ayni damda hukumat sohadagi yetakchi kompaniyalar, ayniqsa, Boeing va Lockheed'lardan ko‘ra SpaceX bilan ko‘proq hamkorlik qilmoqda. Hukumat bilan bir qatorda, SpaceX xususiy kompaniyalar bilan ham shartnomalar imzolab, tijoriy parvozlarni amalga oshiradi.

SpaceX Xalqaro fazoviy stansiyaga o‘zining 100 dan oetiq missiyaga ega fazo kemasini chiqargan. Ayni damda kompaniya Starlink deb nomlanuvchi istiqbolli loyiha ustida ishlamoqda. Bundan ko‘zlangan maqsad Yer sayyorasining barcha hududlarini sun’iy yo‘ldoshlar bilan qoplab, dunyo aholisini tezkor va ishonchli internet bilan ta’minlashdir. 

Mol-mulklari

Ilon Maskning ko‘chmas mulklarining umumiy qiymati haqida aniq ma’lumot mavjud emas. Biroq Maskning Los-anjelesda bir necha uylari bo‘lib, ularga 55 million dollar sarflagan.

O‘QING: Microsoft haqida qiziqarli 12 fakt

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.