Ilon Mask naq 100 million dollarlik tanlov e’lon qildi!

  •   DiMaX
  •  1917
  •  22.01.2021 17:44

Ilon Mask naq 100 million dollarlik tanlov e’lon qildi!

Tesla va SpaceX asoschisi Ilon Mask o‘zining Twitter tarmog‘idagi sahifasida yangi tanlov e’lon qildi. Uning shartlariga ko‘ra, karbonat angidrid gazini olish va saqlash uchun eng yaxshi texnologiyani ixtiro etgan kishiga 100 million dollar to‘lashni va’da qilgan, deb yozadi Xabar.uz.

O‘QING: Ilon Mask bir yilda $100 mlrd.ga boyib, dunyoning eng badavlat kishisiga aylandi!

«Men eng yaxshi uglerodni tortib olish texnologiyasi ixtirosi uchun mukofot sifatida 100 million dollar sarmoya ajrataman», deb yozgan Mask. Shuningdek, u taklif tafsilotlarini kelasi hafta oshkor qilishga va’da bergan.

Karbonat angidrid gazini olish va saqlash deganda, karbonat angidrid gazini sanoat va energiya manbalaridan ajratish va atmosferadan uzoq muddatli izolyasiyani o‘z ichiga olgan jarayon tushuniladi. Ushbu jarayonning maqsadi global isish va atrof-muhitning ifloslanishiga qarshi kurashdir.

Eslatib o‘tamiz, Ilon Mask ilgari Xan akademiyasi o‘quvchilari uchun bepul ta’lim platformasiga 5 million dollar sarmoya ajratgan edi.

O‘QING: Ilon Mask nega koronavirus vaksinasi qabul qilishni rad etdi?

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!