Ilon Mask nega koronavirus vaksinasi qabul qilishni rad etdi?

  •   DiMaX
  •  1449
  •  02.10.2020 14:46

Ilon Mask nega koronavirus vaksinasi qabul qilishni rad etdi?

Amerikalik milliarder va tadbirkor Ilon Mask koronavirusga qarshi vaksina paydo bo‘lgandan keyin ham unga qarshi emlanishdan bosh tortdi. Bu to‘g‘rida Tengrinews.kz xabariga tayanib Sof.uz yozmoqda.

O‘QING: Tesla rahbari Ilon Mask bir kunda 16,5 mlrd dollaridan ayrildi!

Tesla egasi o‘zining ushbu qarorini o‘zi va oilasi xavf ostida emasligi bilan izohladi.

«Umuman olganda, odamlarning mantiqsizligi tufayli bu holat mening insoniyatga bo‘lgan ishonchimni pasaytirdi», – dedi Mask podkastda.

Eslatib o‘tamiz, pandemiyaning boshida Ilon Mask koronavirus bilan bog‘liq qo‘llanilayotgan cheklovlarga qarshi edi. Keyinroq u COVID-19 vahimasini ahmoqlik deb atagan edi.

O‘QING: Bill Geyts: «Mana shu yilgacha koronavirus pandemiyasining tugashidan umid qilmay qo‘yavering!»

Darvoqe, yana bir mashhur va badavlat tadbirkor – Bill Geyts dunyoni bioterror xavfi kutayotganini 2017 yildayoq aytgan edi. Koronavirus pandemiyasidan esa u besh yil avval ogohlantirgan, ammo bunga hech kim jiddiy e’tibor qaratmagan ekan.

Shuningdek, Microsoft asoschisi avvalroq koronavirus vaksinasi samarasiz bo‘lishi mumkinligini aytgan bo‘lsa, keyin mazkur xastalikka qarshi bir doza vaksina kamlik qiladi, degan.

Ayrimlar Geytsni koronavirusga qarshi vaksina bahonasida insoniyatni chiplashtirmoqchi, deb hisoblashadi. Bu shunchki konspirologiya, lekin Bill Geyts hali koronavirus pandemiyasi boshlanmasidanoq oziq-ovqat g‘amlab qo‘ygan ekan! Bulardan tashqari...

O‘QING: Besh yil avval koronavirusdan ogohlantirgan Bill Geyts yanada xavfliroq ofatni bashorat qildi

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!