Ilon Mask o‘ziga dushmanlik qildi – bitta tvit bilan Tesla aksiyalari narxini tushirib yubordi!

  •   DiMaX
  •  1741
  •  02.05.2020 16:46

Ilon Mask o‘ziga dushmanlik qildi – bitta tvit bilan Tesla aksiyalari narxini tushirib yubordi!

Kuni kecha – 1 may kuni Ilon Mask negadir Twitter tarmog‘ida g‘alati post e’lon qildi. Shundan so‘ng Tesla kompaniya aksiyalarining narxlari keskin tushib ketdi.

O‘QING: «O‘q o‘tmas» Cybertruck’ning taqdimotida Tesla aytmagan jihati fosh bo‘ldi!

Kompaniya asoschisining tvitiga ko‘ra, Tesla aksiyalarining narxlari o‘ta yuqori emish:

Mana shu tvitdan keyinoq Tesla qimmatbaho qog‘ozlari narxi 11 foizga pasayib ketdi – bir donasi 695 dollargacha tushdi. The Wall Street Journal nashri xodimlarining «Bu tvit hazil edimi?» degan savoliga Mask: «Yo‘q», deb javob bergan.

Aytish kerakki, 29 aprel kuni Tesla ketma-ket uchinchi chorakdan moliyaviy muvaffaqiyat bilan chiqqanini e’lon qilgan edi. Ilon Maskning bu ishidan keyin kompaniyaning o‘sishiga putur yetishi mumkin.

O‘QING: Ilon Mask milliardlarini qanday topgan?

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!