Ilon Mask rus tilida Putinni muloqotga chorladi!

  •   DiMaX
  •  751
  •  15.02.2021 13:45

Ilon Mask rus tilida Putinni muloqotga chorladi!

SpaceX, Tesla, Neuralink va boshqa bir nechta kompaniyalar asoschisi Ilon Mask o‘zining Twitter tarmog‘idagi antiqa chiqishlari bilan ham mashhur. Masalan, yaqinda u bitta tvit bilan bitkoin narxini yana 5000 dollarga oshirib yuborgan edi. Keyin esa ushbu kriptovalyuta borasida bitta afsusini bildirgan, yana...

O‘QING: Bitkoin narxini 5000 dollarga oshirgan Ilon Mask endi boshqa kriptovalyutani «kosmosga uchirdi»

Dunyodagi eng badavlat kishilardan biri bo‘lgan Ilon Mask kuni kecha Rossiya prezidentiga Twitter orqali murojaat etdi. Vladimir Putinga u yangi ijtimoiy tarmoq – Clubhouse orqali muloqot qilishni taklif etgan.

Tadbirkor birinchi tvitida Kremlning rasmiy akkauntini teg bilan belgilab yozgan bo‘lsa, ikkinchisini bevosita rus tilida yozgan! Kreml va shaxsan Vladimir Putin hozircha bu taklifga munosabat bildirmagan.

Aytish kerakki, Clubhouse ijtimoiy tarmog‘i 2020 yilning bahorida – ayni koronavirus pandemiyasi avjiga chiqqan paytda ishga tushirilgan, lekin bu yilning boshiga kelibgina ommalashgan. Unda turli mavzu xonalari mavjud, muloqot esa ovozli xabar yuborish orqali amalga oshiriladi.

Clubhouse ilovasi hozircha faqat iOS tizimi uchun taqdim etilgan, bu ijtimoiy tarmoqqa kirish uchun undagi foydalanuvchilardan invayt – tarmoqqa qo‘shilish taklifnomasi kelishi kerak. Tag‘in buyam tekin emas – invayt narxi Ebay va boshqa savdo maydonchalarida bir necha yuz dollargacha boradi!

O‘QING: O‘n beshta messenjerni birlashtiruvchi ilova chiqdi: Telegram, Twitter, Skype – barchasi bittada!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.