Ilon Mask samolyot, kema va hatto furgonlarga ham «fazoviy» internet yetkazib bermoqchi!

  •   DiMaX
  •  368
  •  10.03.2021 12:39

Ilon Mask samolyot, kema va hatto furgonlarga ham «fazoviy» internet yetkazib bermoqchi!

Sayyoramizdagi eng badavlat kishilaridan biri bo‘lmish Ilon Mask turli sohalarga oid bir qator kompaniyalarga asos solgan va izlanishdan charchamaydi. Jumladan, unga qarashli SpaceX kompaniyasining Starlink loyihasi sun’iy yo‘ldoshlar tarmog‘i orqali butun Yer yuzini arzon va tezkor internet bilan ta’minlashga yo‘naltirilgan.

O‘QING: Bill Geyts endi Ilon Maskni klonlashni taklif etyapti!

Ushbu kompaniya Starlink kosmik internetiga yuk avtomobillari, samolyotlar va kemalarni ham ulashni rejalashtirgan. So‘nggi xabarlarga ko‘ra, SpaceX allaqachon AQShning Federal aloqa komissiyasiga (Federal Communications Commission, qisqartmasi – FCC) ariza topshirgan. Unda yuqorida ko‘rsatilgan transport vositalariga Starlink terminallarini o‘rnatishga ruxsat so‘ralmoqda.

Twitter tarmog‘i orqali Ilon Mask aniqlik kiritishicha, yangi terminallar juda katta va Tesla elektrokarlariga o‘rnatishga mo‘ljallanmagan. Ularni yirik yuk mashinalari, avtofurgonlar, kemalar va samolyotlarga o‘rnatish ko‘zda tutilmoqda.

Ilon Mask yaqindagina internet tezligini 2021 yildayoq ikki baravar oshirishga va’da bergan.

O‘QING: Tesla hali sotuvga chiqarmagan elektromobil yo‘lda «qo‘lga tushdi» («jonli» video)

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!