Ilon Mask: Sayyoramizga bepul internet tarqatuvchi yo‘ldoshlar allaqachon «onlayn» holda! (+video)

  •   DiMaX
  •  4101
  •  24.05.2019 16:29

Ilon Mask: Sayyoramizga bepul internet tarqatuvchi yo‘ldoshlar allaqachon «onlayn» holda! (+video)

Taniqli tadbirkor Ilon Mask fazoviy sayyohlik va Marsni egallashni rejalashtirgan. Nafaqat bular, balki u butun Yer yuzini tekin internet bilan ta’minlashni ham niyat qilgan.

O‘QING: SpaceX butun dunyoni bepul internet bilan ta’minlovchi yo‘ldoshlarning ilk partiyasini uchirmoqda

Unga qarashli SpaceX kompaniyasi butun dunyoga internet ulashishga mo‘ljallangan Starlink loyihasini joriy etishga kirishgan. Mazkur dastur doirasida oltmishta sun’iy yo‘ldoshni Falcon 9 tashuvchi raketasi fazoga olib chiqishga muvaffaq bo‘ldi. Ilon Mask bu haqda Twitter-akkaunti orqali xabar berdi:

Mask ayni damda barcha oltmishta yo‘ldosh ham «onlayn», ya’ni ish holatida ekanini, yaqin orada esa quyosh batareyalarini yoyish ishlari boshlanishini aytgan.

Fazoviy internetning sinovini boshlash uchun yana kamida oltita shunday parvoz amalga oshirilishi kerak. Yer yuzini nisbatan barqaror internet bilan ta’minlash uchun esa – kamida 12 ta parvoz orqali sun’iy yo‘ldoshlar uchirilishi talab etiladi. SpaceX orbitaga jami 12 mingga yaqin yo‘ldosh uchirishni rejalashtirgan.

O‘QING: Xitoy butun Yer yuzini bepul internet bilan ta’minlash uchun ilk sun’iy yo‘ldoshni uchirdi

Quyida esa Starlink loyihasiga bag‘ishlab tayyorlangan videolavhani ko‘rishingiz mumkin (faqat hajmi katta ekanini hisobga oling – ko‘p trafik talab etiladi):

SpaceX’ning rejasiga ko‘ra, Starlink loyihasining muvaffaqiyatli yo‘lga qo‘yilishi Yer yuzining istalgan nuqtasida internetga kirish imkonini taqdim etishi kerak.

O‘QING: «O‘zbektelekom»: internet tezligi oshirilib, narxlar pasaytirilmoqda

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.