Ilon Mask shoshilmasa bo‘lmaydi

  •   Saroy
  •  1178
  •  26.05.2018 15:36

Ilon Mask shoshilmasa bo‘lmaydi

Investorlarning  bezovta bo‘layotgani sababli  Tesla Motors rahbari Ilon Mask  Tesla Model 3 elektrokarini bozorga chiqarishni tezlatdi. Uning va’da berishicha, yangi model kelayotgan yozda tayyor bo‘ladi. Ushbu avtomobil bir yo‘la ikkita dvigatel bilan jihozlanadi. Dvigatelning birinchisi  mashinaning tez yurishi uchun, ikkinchisi esa o‘zoq masofaga yurishga mo‘ljallangan. Agar yo‘lda ketayotganida bir mator ishdan chiqsa, haydovchi ikkinchi mator bilan yurishda davom etaveradi.

O‘QING: Elon Mask: «Bu texnologiya baxtsiz hodisalarni 10 barobarga qisqartiradi»

Elektrokarning eng yuqori tezligi soatiga  250 kilometrni tashkil etadi,  3,5 soniyada u soatiga 96 kilometr tezlikka chiqa oladi. Batareya quvvati 500 kilometrgacha yetadi. Narxi  78 ming AQSh dollar.

Tesla rahbarining ta’kidlashicha,  Model 3 shu yilning iyul oyidan boshlab savdoga chiqarila boshlanadi. Ko‘rinib turibdiki,  investorlar elektrokarlarning ishlab chiqarilishi juda cho‘zilib ketayotganidan norozi bo‘lgan, shu bois Ilon Mask shoshilishga to‘g‘ri kelyapti.

O‘QING: AvtoMobil: Tesla smartfonining konsepsiyasi tarqaldi

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!