Ilon Mask shunchaki bosh direktor emas – endi u rasman «texnoqirol» bo‘ldi!

  •   DiMaX
  •  705
  •  16.03.2021 17:34

Ilon Mask shunchaki bosh direktor emas – endi u rasman «texnoqirol» bo‘ldi!

Xabaringiz borki, SpaceX, Tesla, Neuralink va boshqa bir nechta kompaniyalar asoschisi Ilon Mask shu yilning 7 yanvar kuni sayyoradagi eng badavlat kishiga aylangan edi. Biroq 17 fevralga kelib «zo‘rdan zo‘r chiqqan» – 2017 yildan beri reyting yetakchisi bo‘lib kelgan tadbirkor yana o‘z o‘rniga chiqib olgan.

O‘QING: Ilon Mask uch kunda qariyb 29 milliard dollaridan ayrildi

Ilon Mask esa g‘alati qarorlari bilan kishilarni hayratga solishdan to‘xtamayapti. U endi Tesla kompaniyasining rasmiy «texnoqiroli»ga aylandi, deb yozadi UZZOOM. Ilon Mask kompaniyaning «Technoking» unvonini o‘zining bosh direktor lavozimiga qo‘shdi, deyiladi kompaniya xabarida.

Hujjatda aytilishicha, Tesla moliya direktori Zak Kirxorn ham antiqa tayinlovdan benasib qolmagan – u Master of Coin («Tanga ustasi») g‘ayrioddiy unvoniga sazovor bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, xuddi shu unvonlarni «Taxtlar o‘yini» serialidagi xazinachilar egallashgan va yangi lavozimlar serial bilan bog‘liqmi yoki yo‘qmi – hozircha noma’lum.

O‘QING: Bill Geyts endi Ilon Maskni klonlashni taklif etyapti!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!