Ilon Mask Tesla avtomobillarini bitkoinga sotish boshlanganini e’lon qildi

Ilon Mask Tesla avtomobillarini bitkoinga sotish boshlanganini e’lon qildi

Tesla kompaniyasi 24 mart kuni o‘z mahsulotlari uchun bitkoinlar bilan to‘lash imkoniyatini qo‘shdi. Bu haqda kompaniya rahbari Ilon Mask o‘zining Twitter akkauntida e’lon qildi, deb yozmoqda Daryo.

O‘QING: Ilon Mask shunchaki bosh direktor emas – endi u rasman «texnoqirol» bo‘ldi! 

«Endi Tesla’ni bitkoinga sotib olishingiz mumkin», — deb yozgan Mask.

Hozircha bunday to‘lov usuli faqat AQSh mijozlari uchun mavjud, boshqa mamlakatlarda 2021 yilning oxirida joriy etiladi.

«Tesla to‘lov sifatida olingan bitkoinlarni fiat valyutasiga (oddiy qog‘oz pul) aylantirmaydi», — deb ta’kidladi Mask.

Kompaniyaning e’loni fonida bitkoin kursi keskin ko‘tarila boshladi. Hozir bir bitkoin 55,4 ming dollarga baholanmoqda.

Fevral oyining boshida Tesla AQShning qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha komissiyasiga (SEC) kriptovalyuta yordamida to‘lash imkoniyatini qo‘shish haqida xabar bergan edi. Kompaniya bu haqda 1,5 milliard dollarlik bitkoin sarmoyasini oshkor qilgandan keyin e’lon qildi. Kriptovalyutani sotib olishda kompaniyaga Amerikaning Coinbase kriptobirjasi yordam berdi.

Maskning ta’kidlashicha, Tesla’ning harakatlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri uning qarashlarini aks ettirmaydi, chunki Mask bitkoinni «naqd pulni jamg‘arishga qaraganda likvidlikning kamroq ahmoqona shakli» deb hisoblaydi. Kompaniya rahbari 1,5 milliard dollar miqdorida kriptovalyutadagi investitsiyasi borligini tan oldi.

Avvalroq internetda Model Pi kodli nomi osida ishlab chiqarilayotgan potensial Tesla smartfonining birinchi renderlari paydo bo‘ldi. Ilon Maskning kompaniyasiga tegishli qurilma tasvirlari Xitoyning MyDrivers saytida e’lon qilindi.

O‘QING: Tesla harakatlanayotgan Semi elektrokarining ilk videosini chiqardi