Ilon Mask Tesla elektromobillarini o‘yin kompyuteriga aylantirmoqchi

Ilon Mask Tesla elektromobillarini o‘yin kompyuteriga aylantirmoqchi

Tesla'ning yangi Model S va X elektromobillari taqdim qilinganida undagi ichki kompyuter xususiyatlari PlayStation 5 konsolidan qolishmasligi va unda Cyberpunk 2077 kabi boshqa kuchli kompyuter talab qiluvchi zamonaviy o‘yinlar o‘ynash mumkinligi ma’lum bo‘lgan edi. 

Twitter ijtimoiy tarmog‘ida jurnalist Rayan Makkaffri so‘roviga javob tarzida Tesla rahbari Ilon Mask, elektromobillarda Steam o‘yinlarini o‘ynash imkonini beruvchi xususiyat ustida olib borilayotgani haqida aytdi: "Biz Steam o‘yinlarining Tesla'da ishlashi ustida ishlamoqdamiz." Shuningdek, Ilon Mask 2023-yilda chiqarilishi kutilayotgan Cybertruck mashinasi Cyberpunk 2077 o‘yinini 100% qo‘llab-quvvatlashini ham aytib o‘tdi. 

Tesla kompyuterlari Linux'ga asoslangan operatsion tizimda, shuningdek, AMD RDNA2 grafik kartasida ishlaydi va bu Tesla'ga Steam'ni ko‘chirish imkonini bera oladi. 

O‘QING: Vanihoyat PlayStation VR2 dizayni yakunlandi