Ilon Mask Tesla'ning Optimus roboti prototipini namoyish qildi

Ilon Mask Tesla'ning Optimus roboti prototipini namoyish qildi

Kecha bo‘lib o‘tgan Tesla AI Day 2022 tadbirida Ilon Mask Tesla'ning ilk gumanoid roboti, Optimus'ning ishlaydigan prototipini namoyish qildi. Taqdimot boshida, sahnaning orqa eshiklari ochilib, dekonstruksiya qilinmagan Optimus roboti raqs tushganda holda sahnaga chiqib keldi. Mask’ning ma’lum qilishicha robot sahnada yuzi bilan yiqilib tushmasligi uchun kamroq harakat qilishga moslangan.

Kompaniya robot gullarni sug‘orish, qutilarni ko‘tarish kabi ishlarni qila olishini ko‘rsatib beradigan videoni namoyish qilgandan keyin sahnaga Optimus'ning ishlab chiqarish uchun deyarli tayyor bo‘lgan versiyasi olib chiqildi va u auditoriyaga qo‘lini silkitib salom berdi. Mask robotning bu versiyasi aktuator, batareya va boshqalar bilan jihozlanganini, biroq hali yurishga qodir emasligini ta’kidladi. 

Texnik xususiyatlarga keladigan bo‘lsak, robot 2.3 kVt/soatli batareyaga bilan Tesla tomonidan ishlab chiqarilgan chipsetda ishlaydi va Wi-Fi, LTE ulanishlarini qo‘llab-quvvatlaydi. Uning og‘irligi 73 kg bo‘lib, u o‘tirganida 100 Vt, yurganida esa 500 Vt quvvat sarflaydi. Qo‘li "biologik jihatdan ilhomlangan holda" odamlarnikiga o‘xshash qilib yaratilgan va u turli shakl va o‘lchamdagi narsalarni ko‘tarish va mayda qismlarni aniq ushlash uchun mo‘ljallangan. Tesla elektromobillaridagi Avtopilot dasturi Optimus'ga ham ko‘chirilgan va yangi tana va muhitda ishlash uchun qayta jihozlangan.

Ma’lum bo‘lishicha, robotning boshlang‘ich prototipi olti oy avval yaratilgan va uni prototipdan haqiqiy ishlaydigan holga keltirish uchun yana bir necha oy kerak bo‘ladi. Maskning aytishicha, Optimus boshqa kompaniyalar robotlaridan farqli o‘laroq millionlab qismlarda ishlab chiqarish uchun mo‘ljallangan va u keyingi yildan boshlab 20,000 dollardan arzonroq narxda sotuvga chiqariladi.

Ilon Mask'ning qo‘shimcha qilishicha, Optimus sahnadan ko‘rsatilganidan ko‘ra ko‘proq ishlarga qodir, lekin uni takomillashtirish uchun hali ko‘p ishlar qilinishini kerak. "Bu sivilizatsiya uchun tub o‘zgarish bo‘ladi", deydi Mask.

Shuningdek, Ilon Mask o‘zining Twitter sahifasida Optimus'ning ayol varianti ham chiqarilishini ma’lum qildi.

O‘QING: Web 3.0 uchun ilk qadam: TON saytlari va proksilari ishga tushirildi

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!