Ilon Mask Twitter'ni sotib olish uchun so'nggi qadamni tashlamoqda

Ilon Mask Twitter'ni sotib olish uchun so'nggi qadamni tashlamoqda

Ilon Mask o'zining Twitter'ni sotib olishda moliyaviy yordamlashadigan hamkor-investorlarini ijtimoiy tarmoq kompaniyasi bilan kelishuvni juma kunigacha yopishni rejalashtirayotgani haqida ma'lum qildi, deya xabar bermoqda Reuters ushbu masaladan xabardor odam bergan ma'lumotlarga asoslanib. Shuningdek, Bloomberg nashrining qo'shimcha qilishicha, milliarder dushanba kuni bankirlar bilan video konferensiya o'tkazgan va unda Twitter masalasini jumagacha hal qilishni va'da qilgan.

Ma'lum bo'lishicha, Twitter kelishuvining 13 milliard dollarini to'lab beradigan banklar ushbu mablag' shartnomasini tuzishni tugatganlar va ular hozirda hujjatlarni imzolash bosqichida. Shuningdek, aktsiyadorlar: Sequoia Capital, Binance, Qatar Investment Authority va boshqalar Mask advokatlaridan moliyalashtirishga oid zarur hujjatlarni olishgan ham.

Reuters'ga ko'ra, Maskning bu harakati Delaver sudining juma kunigacha bitimni yakunlash muddatiga rioya qilayotganining aniq belgisidir.

O'QING: Ed Shiranning hali chiqarilmagan qo‘shiqlarini o‘g‘irlagan xakerga hukm o‘qildi