Ilon Mask yil oxirigacha Twitter'ning TikTok raqobatchisini "qayta tiriltiradi"

Ilon Mask yil oxirigacha Twitter'ning TikTok raqobatchisini

Twitter'ni sotib olgandan keyin Ilon Mask unga o'zgartirishlar kiritishni boshlab yubordi. Milliarder birinchi bo'lib, kompaniya rahbarlarini ishdan oldi, keyin platformada verifikatsiya belgisini olishni Twitter Blue obunasi qo'shishni va uning narxi 20 dollargacha oshirishni buyurdi, lekin bu hammasi emas.

Ma'lum bo'lishicha, Ilon Mask bir paytlar Twitter ishga tushirgan, lekin keyinchalik yopib yuborgan Vine - 6 soniyali qisqa videolar xizmati kodlarini arxivdan qidirmoqda.

Ta'kidlash joizki, Vine servisi hali TikTok "rejada ham bo'lmagan" paytda, 2012-yilda Twitter tomonidan sotib olingan va 2013-yilda ishga tushirilgan edi, lekin keyinchalik 2016-yilda u yopib yuborilgan.

Axios'ning xabar berishicha, Vine yil oxirigacha qayta ishga tushirilishi mumkin. Biroq, bu besh yillik ilovani qayta tiklash uchun juda qisqa vaqt hisoblanadi. Vine'da ishlagan va uning boshchiligida yopilgan Sara Beykpurning ma'lum qilishicha, Vine'ning ba'zi kodlari olti, ba'zilari esa o'n yillik bo'lib, agar u qayta tiklanishi kerak bo'lsa, buni noldan amalga oshirish kerak.

Yakshanba kuni Ilon Mask Vine'ni qaytarish haqida so'rovnoma o'tkazgan edi. Unda ishtirok etgan salkam 5 million odamlarning salkam 70 foizi "Ha" javobini bergan.

Agar Vine qayta tiklanadigan bo'lsa, u Twitter'ning TikTok'cha xususiyati bo'ladi, xuddi Instagram'da Reels, YouTube'da Shorts bo'lgani kabi.

O'QING: Yana Apple. Yana Durov. Yana Telegram muammosi.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.