Ilon Mask Twitter'da rahbar bo'lib qolish-qolmasligini siz hal qilasiz!

Ilon Mask Twitter'da rahbar bo'lib qolish-qolmasligini siz hal qilasiz!

Ilon Mask o'zining yangi kompaniyasi, Twitter ijtimoiy tarmog'ida rahbar bo'lib qolish-qolmasligi haqida o'z obunachilaridan so'ramoqda. Milliarder ushbu so'rovnoma natijalariga amal qilishini aytgan.

Tesla va SpaceX kompaniyalari rahbari o'zining Twitter'dagi taqdiriga oid so'rovnomani o'tkazishdan avval u platformada boshqa ijtimoiy tarmoqlarning targ'ib qilinishi taqiqlashga oid qaror qabul qilgan edi. Biroq, birozdan keyin bu qaror bekor qilindi va Ilon bu ustidan uzr so'rab, endi bunday jiddiy qarorlar qabul qilishdan avval foydalanuvchilar bilan so'rovnoma o'tkazilishini ma'lum qildi.

So'nggi paytlarda Twitter'da jurnalistlarning ban qilinishi ortidan Ilon Maskka bo'lgan negativning ortishi sabab bo'ldimi so'rovnoma ishtirokchilarining 56 foizi uning Twitter rahbarligidan ketishini yoqlagan. So'rovnoma hozircha yakunlangani yo'q, lekin katta ehtimol bilan Ilon Maskning Twitter'dagi taqdiri hal bo'lgan ko'rinadi.

O'QING: Nothing yangi brendni qanoti ostiga olmoqda