Ilon Mask Twitter'ga o‘zgartirish kiritishni boshlab yubordi!

Ilon Mask Twitter'ga o‘zgartirish kiritishni boshlab yubordi!

Kecha, 4-aprel kuni dunyoning eng boy odami Ilon Mask Twitter ijtimoiy tarmog‘ining salkam 10% aksiyasini deyarli 3 milliard dollarga sotib olib, kompaniyaning eng katta aksiyadoriga aylangani ma’lum bo‘ldi. Oradan bir kun ham o‘tmay milliarder ijtimoiy tarmoqqa o‘zgartirish kiritish uchun yangi so‘rovnoma o‘tkazmoqda.

Mask o‘zining 80 milliondan ortiq obunachilaridan Twitter'da eng ko‘p talab qilingan funksiya - tahrirlash tugmasining kerak yoki yo‘qligini o‘zining noodatiy uslubida "ha", "yo‘q" javoblarini atayin noto‘g‘ri yozgan holda so‘radi. 2,7 milliondan ortiq Twitter foydalanuvchilari qatnashgan bu so‘rovnomada 73% dan ortiq odamlar "ha" javobini tanlashgan.

Parag Agrawal, Twitter'ning hozirgi kundagi bosh direktori so‘rovnomaga javoban Ilon Mask o‘zining so‘z erkinligi haqidagi so‘rovnomasi ostiga tvit qilib qoldirgan "Ushbu so‘rovnomaning oqibatlari muhim bo‘ladi. Iltimos, diqqat bilan ovoz bering." iborasi bilan izoh qoldirib, milliarder ustidan kulgan bo‘lishi mumkin. Lekin uning bu harakati Tesla rahbari akkauntini diqqat bilan kuzatib borayotganligini ko‘rsatadi.

Yuqorida aytilganidek, tvitlarni tahrirlash funksiyasi ijtimoiy tarmoqdan talab qilingan eng ko‘p funksiyalardan biridir. Bu funksiya foydalanuvchilarga tvitlarida yo‘l qo‘yilgan xatolarni to‘g‘rilashga imkon beradi, shu bilan birga, ammo, bu xususiyat bilan tvit platforma bo‘ylab keng tarqalganidan keyin uning ma’nosini butkul o‘zgartirib yuborish ham mumkin.

Twitter sobiq bosh direktori Jek Dorsi o‘zining 2020-yilda bergan intervyusida ijtimoiy tarmoqqa "ehtimol hech qachon" tahrirlash tugmasi qo‘shmasligini aytgan edi.

So‘rovnomaga javob qaytargan foydalanuvchilarning biri tahrirlash tugmasidan tvit joylanganidan keyin faqat qisqa vaqt ichida foydalanish imkoni bo‘lishini kerakligini, tvit tahrirlanganidan keyin unda nima o‘zgartirilganligini ko‘rsatuvchi havola bo‘lishi kerakligini taklif qildi. Tesla rahbari esa bunga "bu oqilona bo‘ladi" deya javob qaytargan.

Shuni ham aytish kerakki, 1-aprel, "yilning eng ishonchsiz kuni"da Twitter o‘z rasmiy sahifasida tahrirlash tugmasi ustida ishlayotgani haqida xabar bergan edi. Biroq, bugun, Ilon Mask so‘rovnomasidan keyin kompaniya rahbarlaridan biri bu xabarni rasmiy bayonot deya ekanligini aytdi.

Ilon Maskning bu so‘rovnomasi ijtimoiy tarmoqni tahrirlash tugmasini qo‘shishga majburlay olmasligi mumkin, lekin salkam 2 million Twitter foydalanuvchilarining yangi funksiya qo‘shilishini qo‘llab-quvvatlashi platformaga bunday xususiyat juda kerakligini anglatadi.

O‘QING: Ilon Mask salkam 3 milliardlik Twitter ulushini sotib oldi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!