Ilon Mask va Jeff Bezosni dog‘da qoldirgan milliarder fazoga chipta sota boshladi

  •   DiMaX
  •  854
  •  07.08.2021 12:31

Ilon Mask va Jeff Bezosni dog‘da qoldirgan milliarder fazoga chipta sota boshladi

Fazoga birinchi sayyohlik parvozi borasida Jeff Bezos (dunyodagi eng boy kishi, Blue Origin hamda Amazon kabi kompaniyalar asoschisi) hamda Ilon Mask (bir nechta kompaniya, shu jumladan SpaceX muassisi) o‘zaro bellashayotgan edilar. Biroq ularning ikkalasidan ham avval britaniyalik milliarder Richard Brenson o‘zining Virgin Galactic kompaniyasi fazo kemasida uchgan.

O‘QING: «Qachongacha Ilon Maskning raketalariga qarab o‘tiramiz?» – kosmosga stratostat uchirgan o‘zbek yigiti hikoyasi

Britaniyalik milliarder Richard Brensonga tegishli Virgin Galactic kompaniyasi «kosmik sayyohlar»ga chiptalar sotishni boshladi. Ta’kidlanishicha, bitta o‘rindiq narxi 450 ming dollardan boshlanadi, deb yozmoqda Qalampir.uz nashri.

Kompaniya o‘z shaxsiy bozorida iste’molchilar uchun uchta variant aytgan: bir o‘rinli, ko‘p o‘rinli, ya’ni, «oilaviy paket» va reysni to‘liq sotib olish varianti.

Ta’kidlanishicha, Unity kosmik kemasining navbatdagi parvozi Italiya Harbiy-havo dengiz kuchlari tomonidan moliyalashtirilgan bo‘lib, u joriy yilning sentyabr oyi oxiriga rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 11 iyulida Unity kosmik kemasida Brenson va Virgin Galactic kompaniyasining beshta xodimi — Deyv Makay, Maykl Mazuchchi, Sirisha Bandl, Kolin Bennet va Bet Mozes fazoviy parvozni amalga oshirgandi. Bu insoniyat tarixidagi ilk xususiy fazoviy parvoz hisoblanadi.

O‘QING: Ilon Mask ham xuddi UzAuto kabi bahona qildi: «Bu hojatxona qog‘ozi yetishmasligiga o‘xshaydi»

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.