Ilon Mask xalqaro qonunlarni tan olmaydi – Marsda u o‘z qonunlarini o‘rnatmoqchi!

  •   DiMaX
  •  1224
  •  09.11.2020 11:21

Ilon Mask xalqaro qonunlarni tan olmaydi – Marsda u o‘z qonunlarini o‘rnatmoqchi!

Joriy yilning 31 may sanasi insoniyat tarixiga oltin harflar bilan yozib qo‘yiladigan kun bo‘lgan. Chunki o‘shanda ilk bor xususiy kompaniya – SpaceX fazoga odam uchirgan. Uning asoschisi Ilon Mask esa anchadan beri Marsni egallashni rejalashtirmoqda.

O‘QING: «Vau, ishlab ketdi!»: Ilon Mask kosmos orqali ilk tvitni jo‘natdi

Milliarderning bayonotiga ko‘ra, Yerdagi qonunlar Qizil sayyora uchun amal qilmaydi. SpaceX kompaniyasi Marsda tashkil etadigan koloniyadagilar o‘z-o‘zini boshqarish tamoyillari asosida ishlab chiqiluvchi o‘z qoidalarini o‘rnatishlari mumkin. Ular bizning sayyoramizdagi shartlar va hukumatlarga bo‘ysunmaydi.

«Marsda taqdim etiladigan, shuningdek, kolonizatsiya uchun yulduzkezar yoki boshqa fazo kemasi yordamida Marsga eltishga mo‘ljallangan xizmatlarga kelsak, tomonlar bu sayyorani mustaqil, deb tan oladilar hamda hech bir zaminiy hukumat Marsdagi faoliyat ustidan hukmronlikka ega emas», deyishmoqda SpaceX kompaniyasi vakillari.

Mars bilan aloqa esa SpaceX kompaniyasining Starlink loyihasi doirasidagi sun’iy yo‘ldosh interneti orqali amalga oshiriladi. Boshida uning internetini sinab ko‘rganlarning hafsalasi pir bo‘lgan edi, lekin bu yangi avlod interneti yaqindagina o‘z kuchini ko‘rsatgan.

O‘QING: Angliya va Ukraina aholisini qo‘rqitgan «NUJ»larni kim yuborgandi aniqlandi! (+ikkita «jonli» video)