Ilon Maskdan avval Jeff Bezos fazoga chipta sotyapti – parvoz shu yil 20 iyulga belgilandi! (+video)

  •   DiMaX
  •  594
  •  07.05.2021 11:21

Ilon Maskdan avval Jeff Bezos fazoga chipta sotyapti – parvoz shu yil 20 iyulga belgilandi! (+video)

Sayyoramizdagi eng boy kishilardan biri, biznesmen va muhandis Ilon Mask asos solgan SpaceX xususiy tashkilotining Crew Dragon kemasida amalga oshiriladigan ilk fazoviy sayohat ishtirokchilarining ismlari ma’lum. Shunisi ham borki, 2022 yil yanvaridan ilgari uning kosmosga uchishi uchun imkoniyat bo‘lmaydi.

O‘QING: VIDEO: Ilon Maskning fazoviy kemasi sinovdan muvaffaqiyatli o‘tdi

Bu orada dunyoning eng badavlat odami – Jeff Bezos mazkur yo‘nalishda ham undan ilgarilab ketdi. Asosan mashhur Amazon kompaniyasi muassisi va rahbari sifatida tanilgan bu milliarder yana bitta – fazoviy tadqiqotlar yo‘nalishidagi Blue Origin kompaniyasiga ham asos solgan.

Kuni kecha mazkur kompaniya ilk fazoviy sayohatga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazdi va uning kunini e’lon qildi – 2021 yilning 20 iyul sanasi! Dunyoda birinchi fazoviy sayyoh bo‘lishni istovchilar uchun esa u kosmik chiptani kimoshdi savdosiga qo‘ydi. Unga arizalar 19 maygacha Blue Origin rasmiy saytida qabul qilinmoqda. Istagan kishi birinchi kosmik sayohat uchun chiptalar auksionida qatnashishi mumkin, uning birinchi bosqichida da’vogarlar taklif etadigan narxlar ma’lum qilinmaydi.

Kimoshdi savdosining ikkinchi bosqichida – 19 maydan so‘ng auksion barcha ma’lumotlar oshkora ko‘rsatilgan holda davom ettiriladi. Savdolar 12 iyunda yakunlanadi va auksion g‘olibi aniqlanadi.

Ta’kidlab o‘tish kerakki, Blue Origin kompaniyasining fazo kemasi ushbu parvozda Yer yuzasidan 100 kilometr yuqorida uchadi. Shu tariqa, birinchi kosmik sayyoh suborbital makongacha chiqib keladi.

SpaceX esa birinchi fazoviy sayohatchilarni Xalqaro kosmik stansiyagacha olib bormoqchi, keyinroq esa Mars sayyorasiga ham uchishni rejalashtirgan. Ilon Mask yaqinda bir intervyusida, Marsga uchadigan ilk fazogirlarning mash’um taqdirini prognoz qilgan. Uning o‘zi bo‘lsa...

O‘QING: «Meni Marsga dafn eting» – Ilon Mask «Qizil sayyora»ni zabt etish vaqtlarigacha aytdi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!