Ilon Maskning boyligi bir haftada 10 mlrd dollarga ko‘paydi

  •   DiMaX
  •  469
  •  28.06.2021 13:50

Ilon Maskning boyligi bir haftada 10 mlrd dollarga ko‘paydi

O‘tgan oyning oxirida Louis Vuitton va Sephora brendlariga egalik qiluvchi Bernar Arno dunyodagi eng boy odamga aylangan edi. Lekin keyin yana «hammasi o‘z o‘rniga tushgan» va boylar reytingida hozir Amazon hamda Blue Origin kompaniyalari asoschisi Jeff Bezos birinchi, Ilon Mask esa ikkinchi o‘rindadir.

O‘QING: Ilon Mask loyihasiga raqobatchi texnologiyani Putin ma’qulladi

SpaceX, Tesla, Neuralink va boshqa bir nechta kompaniyalar asoschisi Ilon Maskning boyligi o‘tgan hafta oxirida deyarli o‘n milliard dollarga oshdi. Bu to‘g‘rida Forbes nashri ma’lumotiga tayanib Aniq.uz sayti yozmoqda.

O‘tgan hafta davomida Tesla aksiyalari narxi 165,9 milliard dollarga ko‘tarilib, natijada tadbirkor 9,9 milliard dollar ishlab topdi. Haftaning oxirida Tesla aksiyalarining qiymati 7,8 foizga o‘sdi, juma kuni esa qog‘oz 1,17 foizni yo‘qotdi. Nashr kompaniyaning qimmatli qog‘ozlari faol o‘sishini umumiy bozor optimizmi bilan bog‘laydi.

Ayni paytda dunyoning eng boy odamlari reytingini 177 milliard dollarlik boylik bilan Jeff Bezos egallab turibdi, Mask esa 151 milliard dollar bilan ikkinchi o‘rinda bormoqda.

O‘QING: Ilon Mask ruhiy kasallikka chalinganligini e’lon qildi

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.